To‘satdan gaz otilib chiqish bo‘yicha xavfli shaxtalar
To‘satdan gaz va ko‘mir yoki kon jinsi otilib chiqishi xavfi bo‘lgan qatlamlarni qazuvchi shaxtalar
Shaxtalarni kategoriyalarga ajratishda mezon sifatida ular- ning nisbiy metandorlik darajasi, ya’ni 24 soat davomida o‘rtacha qazib olinadigan ko‘mirning 1 tonnasiga to‘g‘ri kela- digan ajralib chiquvchi (m3 da o‘lchanadigan) metan miqdori qabul qilingan.
Shaxta maydoni zaxiralari, ko‘mir yo‘qotilishi konlarni qazib chiqarish bosqichlari
Shaxta maydoni hududida ma’lum miqdorda foydali qazilma zaxiralari joylashgan bo‘lib, ular geologik, balans, balansdan tashqari va sanoat zaxiralari ko‘rinishlariga ajra- tiladi.
Geologik zaxira- shaxta maydoni hududida joylashgan foydali qazilmaning umumiy miqdori (zaxirasi).
Balans zaxira - zamonaviy texnika va texnologiya yorda- mida qazib olinishi mumkin bo‘lib, qazib olingan foydali qazilmani sanoat miqyosida ishlatilganda iqtisodiy samara beradigan geologik zaxiraning qismi.