Ko‘mirning o‘rtacha zichligini taxminiy hisoblash uchun quyidagi qiymatlardan foydalanish tavsiya etiladi: antratsit - 1,6 t/m3, toshko‘mir uchun - 1,35 t/m3, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun
1,2 t/m3.
Asosi 1 m2 va balandligi qatlam qalinligiga teng bo‘lgan prizmadagi ko‘mir miqdori qatlam unumdorligini ifodalaydi.
Qazishga tayyorlanganlik darajasi bo‘yicha sanoat zaxirasi ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor zaxiralarga bo‘- linadi.
Ochilgan zaxira- bu sanoat zaxirasini qazib olish uchun qo‘shimcha kapital lahimlar (stvollar, shtolnyalar, kapital kvershlaglar va bremsberglar) o‘tishni talab etmasdan qazib olinishi mumkin bo‘lgan sanoat zaxirasining bir qismi.
Tayyorlangan zaxiralar - bu asosiy tayyorlov lahimlari bilan chegaralangan va qazib olish uchun qo‘shimcha kon-tayyorlov lahimlarini o‘tishni talab etmaydigan ochilgan zaxiraning bir qismi.