Kon ishlari asoslari


-rasm. Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratish usullari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə67/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

4.15-rasm. Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratish usullari.
Tabaqalar qalinligi individual mustahkamlagichlar qo‘lla- nilganda 3,5 m dan oshmasligi kerak. Egiluvchan to‘sqich yoki mexanizatsiyalashtirilgan mustahkamlagichlar qo‘lla- nilgan taqdirda tabaqalar qalinligi 3,5 m dan katta bo‘lishi mumkin.

Tabaqalarni qazish tartibi yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga va aralash bo‘lishi mumkin. Qazilgan bo‘shliqni to‘ldirishga asoslangan qazish texnologiyasida tabaqalarni yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga yo‘nalishlarda qazib olinadi.

Shift jinslarini qulatishga asoslangan qazish texnolo­giyasida esa, tabaqalarni faqat yuqoridan pastga yo‘na- lishda qazib olinadi. Qalinligi juda katta bo‘lgan qatlamlar jins tabaqachalari bilan ikki qismga ajratilgan bo‘lsa, uning bir qismi yuqoridan pastga, ikkinchi qismi pastdan yuqoriga yo‘nalishlarda, ya’ni aralash tartibda qazib olinishi mumkin.

Hozirgi vaqtda yotiq joylashgan qalin qatlamlar butun qalinligi bo‘yicha yoki qiya tabaqalarga ajratib qazib olin- moqda. Qazish ishlari, asosan, shift jinslarini qulatish asosida amalga oshiriladi. Agar qatlam qalinligi 4,5 m gacha bo‘lsa, uni tabaqalarga ajratmasdan, butun qalinligi bo‘yicha qazib olinadi.

Buning uchun 2UKP «Pisma» kabi mexanizatsiyalashgan komplekslardan foydalaniladi. Qatlam qalinligi 4,5 m dan katta bo‘lgan hollarda uni tabaqalarga ajratib, mexanizatsiyalashgan komplekslar bilan qazib olinadi. Tabaqalar soni ikki va undan ko‘proq bo‘lib, ularning qalinligi bir xil bo‘lmasligi ham mumkin.

Qalin, o‘ta qiya (tik) qatlamlarning qazib olish texnologik sxemasi qalinligi, og‘ish burchagi, atrof jinslari xususiyatlari turlicha bo‘lgan, shuningdek, buzilishlarga va qazish chuqur- ligiga ega qatlamlarni qamrab oladi.

Ushbu texnologiya AKZ agregati va tez qotuvchan to‘ldir- ma materiallarini qo‘llashga asoslangan bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga egadir: qazish kavjoyi qisqa (20—25 m); qazish maydonida qiya tabaqalar va nimqavatlarni yuqoridan pastga yo‘nalishda qazish tartibi; tez qotuvchan qattiq to‘ldirma materiallaridan foydalanish; qazish kompleksi surilishi bilanoq uning orqasini muttasil to‘ldirma materiallari bilan to‘ldirib borish; to‘ldirma massivida keyingi stolbani qazib olish jarayonida shamollatish vazifasini o‘tovchi konveyer shtrekini saqlab turish (4.16-rasm).

Qazilgan bo‘shliqni to‘ldirish bilan ko‘mir qatlamlarini qiya tabaqalarga ajratib, AKZ agregati yordamida qazib olishda, odatda, qazish maydonini tayyorlash qavatli usulda amalga oshiriladi.

Qavat cho‘ziqlik bo‘yicha o‘lchami 300 m bo‘lgan qazish maydonlariga ajratiladi. Qazish maydoni qavat shtrekidan uning flanglari bo‘ylab shamollatish va tashish shtreklari o‘tish orqali tayyorlanadi. Shamollatish kvershlaglari ko‘mirdan o‘ti- ladigan yuqoridagi tabaqa shamollatish shtreki orqali tutashtiriladi.

Tashish kvershlaglaridan yuqoridagi tabaqaga uzunligi 50 m bo‘lgan shtreklarning bir qismi o‘tiladi. Tabaqa tashish va





Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin