Qoyasimon jinslar massivdan faqat portlatib, maydalab ajratib olinadi. Bu jinslarga magmatik, metomorflk (granitlar, kvarsitlar, bazaltlar, gabbro, siyenitlar, kolchedanlar), shuning- dek, ba’zi bir cho‘kindi jinslar (qumtoshlar, pishiq ohaktoshlar, qumli konglemeratlar va boshqalar) kiradi.
Buzilgan (maydalangan) kon jinslari yopishqoqlik darajasi, bo‘lakdorligi va bo‘laklarning pishiqligi bilan tavsiflanadi. Bu jinslarning ko‘pchish koeffitsiyenti (maydalanganda massivdagi hajmiga nisbatan ko‘payishi) ularning xususiyatlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
Masalan, buzilgan sochilma jinslarning ko‘pchish koeffitsiyenti 1,4—1,65 va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin; buzilgan yopishqoq jinslarning ko‘pchish koeffitsiyenti 1,03—
ga teng bo‘lib, qiyalik burchagi katta bo‘lgan jins uyumlarining turg‘unligini ta’minlaydi.
Jinslarning bo‘lakdorligi bo‘lakning uzunlik chizig‘i bo‘yicha o‘rtacha o‘lchami bilan aniqlanadi va besh kate- goriyaga bo‘linadi. Birinchi kategoriyadagi bo‘laklarning o‘rtacha uzunligi (lor) 10 sm gacha bo‘lsa, beshinchi kategoriyadagi bo‘laklarning o‘rtacha uzunligi 70—90 sm ni tashkil qiladi.
Turli kon-geologik sharoitlarda yotgan va turli shaklga ega bo‘lgan foydali qazilma konlari ochiq usulda qazib olinishi mumkin.
Yer yuziga nisbatan joylashishiga ko‘ra foydali qazilma yotqizig‘i bevosita yer yuziga chiqqan yoki yupqa ustama jinslar bilan qoplangan, yer yuziga nisbatan ancha chuqurda joylashgan, tepalik yoki tog‘ yonbag‘riga joylashgan hamda qisman yer yuzi sathidan pastga va qisman tepaga joylashgan kon turlari ko‘rinishida bo‘ladi.
Qiyalik burchagi bo‘yicha foydali qazilma yotqizig‘i gorizontal yoki yotiq (qiyaroq) — 0 dan 10—15° gacha; qiya — 10° dan 30° gacha; o‘ta qiya — 30° ko‘rinishda bo‘ladi.
Qalinlik bo‘yicha foydali qazilma yotqizig‘i yupqa — 2—3 m gacha, kichik qalinlik — 10—20 m gacha; o‘rtacha qalinlik — 20—30 m; qalin — 30—50 m va undan qalin turlarga ajratiladi.