Kon ishlari asoslari


Tarkibiy tuzilishi bo‘yicha



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə73/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Tarkibiy tuzilishi bo‘yicha foydali qazilma yotqizig‘i oddiy bir komponentli va murakkab ko‘p komponentli bo‘ladi. Oddiy bir komponentli foydali qazilma yotqizig‘idagi foydali kom- ponent yotqiziq tanasi bo‘ylab bir xil tekis tarqalgan yoki tana bo‘ylab navlar bo‘yicha notekis tarqalgan bo‘lishi mumkin.

Kon jinslari va foydali qazilmalarning yuqorida keltirilgan xususiyatlari ularni qazib olish texnologiyasi sxemasini hamda qazib oluvchi, shuningdek, tashish vositalarini tanlab olishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi.


    1. Kon-texnik ma’lumotlar va karyerning elementlari


Ko‘mir va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer yuzidan turib bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari majmuyi ochiq kon ishlari deyiladi.

Foydali qazilma yotqizig‘ini qazib olishda dastlab uning ustidagi qoplama jinslar olib tashlanadi va foydali qazilmaga yetib boriladi. Buning uchun turli ochiq kon lahimlari o‘tiladi. Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon lahimlarining majmuyi karyer deyiladi (ko‘mir konlarida esa, razrez deyiladi).

Bitta karyer orqali qazib olishga ajratilgan foydali qazilma koni yoki uning bir uchastkasi karyer maydoni, karyerning asosiy obyektlari uchun ajratilgan maydon esa, yer ajratmasi deyiladi va bu karyer maydoniga nisbatan bir necha marta katta bo‘ladi (5.2-rasm).

Karyer tepasi yer yuzi bilan chegaralanadi. Yon tomon- lardagi karyerni chegaralovchi pog‘onasimon tekisliklar karyer yonbag‘ri, karyerning chuqurligi bo‘yicha chegaralovchi tekis- lik karyer asosi deyiladi. Karyer yonbag‘rining yer yuzi bilan kesishish chizig‘i esa, ustki chegarasi deb ataladi.

Karyerning ustki va ostki chegaralari orqali shartli ravishda o‘tkazilgan tekislik karyer qiyaligi deb yuritiladi. Karyer qiyaligi bilan gorizontal tekislik o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak qiyalik burchagi deyiladi.

Kon qazish ishlari olib boriladigan karyer yonbag‘ri ishchi yonbag‘ir, faqat transport vositalari harakatlanishiga xizmat qiluvchi yonbag‘ir esa, ishlamaydigan yonbag‘ir deyiladi. Karyer asosi bilan usti o‘rtasidagi o‘rtacha masofa karyer chuqurligini tashkil qiladi.





Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin