O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org
Mexanik usulda yumshoq va bo‘shoq kon jinslari ekskavator yoki boshqa kon qazish mashinalari yordamida bevosita massivdan ajratib olinadi va transport vositalariga yuklanadi.
Gidravlik usul o‘zidan suv yoki suyuq aralashmalarni o‘tkazib yuboradigan kon jinslarini qazishga tayyorlashda qo‘llaniladi. Bunda yuqori bosimdagi suv oqimi jins g‘ovak- lariga kirib, jins zarrachalarini bir-biriga bog‘lab turgan moddani (sementni) eritib, jinsning qattiqlik darajasini pasay- tiradi, ya’ni yumshatadi.
Yarim qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlash traktorga o‘rnatilgan maxsus yumshatish (maydalash) qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Qattiq qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlash burg‘ilab- portlatish usulida bajariladi. Bu usulda maydalangan kon jinslarining o‘lchamlari turlicha bo‘lishi tufayli ular qazib yuklovchi va transportlovchi vositalarning parametrlariga mos kelishi zarur.
Jins bo‘laklarining chiziq bo‘yicha maksimal o‘lchami quyidagicha bo‘lishi talab etiladi:
bir cho‘michli ekskavatorlar uchun — l max< 0,8 (q)l/3;
avto va temir yo‘l transporti uchun — lmux<=0,5
(Q)1/3;
konveyer transporti uchun — 1max<=0,5*B1—0,1;
mavdalash tegirmoni uchun — 1max <=0,75*Bq, bunda q — ekskavator cho‘michining hajmi, m3.
Q — avtomobil yoki dumpkar (vagon) kuzovi hajmi, m3;
B1 — konveyer lentasi kengligi, m;
Bq — tegirmonning qabul qilish panjarasi kengligi, m.
O‘lchamlari talab etilgandan katta bo‘lgan jins bo‘laklari nogabarit deb yuritiladi va ularni qayta (ikkilamchi) maydalash lozim bo‘ladi.
Karyerlarda kon jinslarini burg‘ilab-portlatish asosida buzishda (maydalashda) turli usullardan foydalaniladi (5.3-rasm).
Turli qazib chiqarish sharoitlariga ega bo‘lgan karyer- larning ko‘pchiligida kon jinslarini buzish skvajina zaryadlari orqali amalga oshiriladi. Skvajinaning chuqurligi, diametri va og‘ish burchagi uning asosiy parametrlari hisoblanadi (5.4-rasm).