2.4-rasm. Qat’iy metall mustahkamlagich romi.
Konchilik korxonalarida qat’iy mustahkamlagich bilan bir qatorda maxsus eziluvchanlik konstruksiyasiga ega bo‘lgan metall mustahkamlagichlardan ham keng foydalaniladi. Bularga MPK—1T, KMP-T, MTPSH rusumli mustahkamlagichlar misol bo‘la oladi.
Shaxtalarda, ko‘pincha, uch yoki besh bo‘g‘inli arkali metall mustahkamlagichlar qo‘llaniladi. Bo‘g‘inlarning asosiy vazifasi dastlabki kon bosimini qabul qilishda mustahkamlagichga ko‘proq eziluvchanlik xususiyatini berishdir. 2.5-rasmda uch bo‘g‘inli eziluvchan arkali mustahkamlagichning romi ko‘rsa- tilgan.
2.5-rasm. Uch bo‘g‘inli maxsus profillardan tashkil topgan arkali mustahkamlagich: 1 — metalli ustunlar; 2 — yuqori segment; 3 — to‘sinni ustunlarga bog‘lovchi xomut; 4 — gaykali planka; 5 — bog‘lovchi.
Kon lahimiga barcha tomonlaridan kuchli bosim ta’sir etadigan, buning ustiga uning zamini qabarish xususiyatiga ega bo‘lsa, bunday lahimlarni to‘rt yoki olti bo‘g‘inli aylanma shaklidagi metall mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi (2.6-rasm).
2.6-rasm. Eziluvchan g‘ildiraksimon (halqasimon) metall mustahkamlagich.
Monolit beton va temir-beton mustahkamlagichlar, asosan, uzoq muddat ishlaydigan qazish zonalaridan tashqarida bo‘lgan gorizontal, vertikal va qiya kapital (konni ochuvchi) lahimlarni mustahkamlashda qo‘llaniladi. Stvol atrof insho- otlari va kameralari ham, asosan, monolit beton bilan mustahkamlanadi.
Monolit beton mustahkamlagichlarining asosiy konstruk- siyasi vertikal devor va gumbazsimon yopqichdan (gorizontal va qiya lahimlarda), silindr shaklidagi beton mustahkam- lagichdan (vertikal lahimlarda) tashkil topadi.
Shaxtalarda vertikal kon bosimining lahimga ta’siri kuch- liroq bo‘lganligi tufayli, ko‘pincha, vertikal devorli va gum- bazsimon yopqich shaklidagi monolit beton mustahkam- lagichidan foydalaniladi (2.7-rasm).
Eziluvchan yoki qat’iy (ezilmaydigan) armaturali monolit temir-beton mustahkamlagichi ham ikki devor, gumbazsimon yopqich va poydevordan tashkil topadi. Monolit beton mustahkamlagichlari bilan bir qatorda shaxta va rudniklarda
Dostları ilə paylaş: |