Kon ishlari asoslari


-rasm. Tik ruda yotqiziqlarini vertikal stvollar bilan ochish



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə30/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

3.1-rasm. Tik ruda yotqiziqlarini vertikal stvollar bilan ochish:

1 — bosh stvol; 2 — yordamchi stvollar; 3 — qavat kvershlaglari.

1


    1. rasm. Yig‘ma gorizontli vertikal stvol bilan konni ochish:
  1. bosh stvol;




2 — qavat kvershlaglari;
  1. yig‘ma gorizont kvershlaglari; 4 — rudatushirgich;




5 — ko‘r stvol.

Konni ochishda shaxta stvoli, odatda, yer yuzidan birinchi gorizontgacha o‘tiladi va qavat kvershlagi o‘tish orqali ruda yotqizig‘i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi davomida stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o‘tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollari tez-tez chuqurlashtiriladi va navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi.

Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o‘tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi.

Chuqurlik bo‘yicha katta uzunlikka ega bo‘lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizont- larini ochish, ko‘p hollarda ko‘p stvollar o‘tish orqali amalga oshiriladi (3.2-rasm). Bosh stvol ruda tanasining bor bo‘yiga o‘tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig‘ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olin­gan ruda rudatushirgichlar orqali yig‘ma gorizontga tushi- riladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig‘ma gorizont kvershlagi orqali tashilib, bosh (ruda ko‘tarish) stvolga yetkazib beriladi.

Gorizontal va juda yotiq yotqiziqlari ham vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday hollarda ruda yotqizig‘i qavatlarsiz qazib olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o‘zaro ruda yotqizig‘i ostidagi kon jinslaridan o‘tilgan maydon tashish shtreki orqali tutashtiriladi (3.3-rasm).

Ko‘pgina ruda yotqiziqlari tog‘li hududlarga joylashgan bo‘ladi. Bunday konlar, odatda, shtolnyalar o‘tish bilan ochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizig‘ini bosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohida qavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari o‘tiladi, bosh shtolnyadan pastki gorizontlarni ochish esa, ko‘r stvol o‘tish bilan amalga oshiriladi (3.4-rasm).

Konlar shtolnyalar bilan ochilganda transport harakati va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Ba’zan ruda konlari ruda tanasi bo‘ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o‘tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi.





Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin