Kuchli magnitlanishga ega bo‘lgan minerallar (magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar). Bu minerallar ferromagnit minerallar bo‘lib, ajratib olishda kuchsiz magnit maydoniga ega bo‘lgan separatorlardan foydalaniladi.
Kuchsiz magnitlanishga ega bo ‘lgan minerallar (temir oksidlari, titan, volfram va boshqa marganesli minerallar).Bu minerallarni
boyitishda yuqori kuchlangan magnit maydoni hosil qiluvchi separatorlar qo‘llaniladi.
Nomagnit minerallar (barcha paramagnit va diomagnit minerallar).Bu guruhdagi minerallar, hatto kuchli magnit maydoni hosil qiluvchi separatorlar qo‘llanganda ham ajralmaydi. Magnit tizimi bo‘yicha sepatorlar ikki turga bo‘linadi: elektromagnit separatorlar va doimiy magnitli separatorlar. Ishchi organning konstruksiyasiga ko‘ra separatorlar barabanli, diskali, rolikli turlarga bo‘linadi.
Elektromagnit separatorlar, asosan, kam magnitli rudalarni boyitishda qo‘llaniladi.
Doimiy magnitli separatorlar esa yupqa yanchilgan rudalarni boyitishda qo‘llaniladi.