4 Y;nf
’ Panjara osti suvi Og'ir fraksiyalar
V
Panjara osti suvi
rasm. Cho‘ktirish mashinalari sxemasi: a — porshenli, b — porshensiz, d — diofragmali, e — qo‘zg‘aluvchan g‘alvirli, 1 — mashina korpusi, 2 — g‘alvir, 3 — quyilish to‘sig‘i, 4 — porshen, 5 — zolotnikli qurilma (pulsator), 6 — diofragma, 7 — shtok.
oqimi yuqoriga harakatlanganda material ham ko‘tarilib maydalanadi, pastga harakatlanganda material zarrachalari cho‘kib zichlanadi.
Suv oqimining yuqoriga va pastga harakatlanishi tufayli ma’lum davr ichida material shunday qatlamlanadiki, zichligi katta bo‘lgan zarrachalar g‘alvir ustidagi birinchi qatlamni, zichligi kichik bo‘lganlari esa, uning ustiga cho‘kib, navbatdagi qatlamlarni hosil qiladi.
Og‘ir muhitda boyitish. Og‘ir muhitda boyitish jarayonlari zarrachalar aralashmasidagi zarralarni zichligi bo‘yicha gravitatsion yoki markazdan qochirma usulda zarrachalarning o‘rtacha zichligiga teng bo‘lgan zichlikdagi muhitda ajratishga asoslangan bo‘lib, muhit zichligidan kam zichlikka ega bo‘lgan zarrachalarning yuqoriga og‘ib chiqishi va zichligi muhit zichligidan katta bo‘lgan zarrachalarning pastga cho‘kishini ta’minlaydi.
Bunda zarrachalar yengil (yuqoriga oqib chiquvchi) va og‘ir (cho‘kuvchi) zarrachalarga ajraladi.
Og‘ir muhit sifatida og‘ir organik suyuqliklar, og‘ir tuzlar- ning suvdagi eritmasi va suvda muallaq turuvchi og‘ir minerallarning kukunidan tashkil topgan og‘ir suspenziyalardan foydalaniladi.
Foydali qazilmalarni og‘ir suspenziyalarda boyitish, asosan, rudani yanchishdan oldin undagi foydasiz jinslarni ajratib olish, kokslanuvchi va qiyin boyitiluvchi ko‘mir tarkibini foydasiz jinslardan tozalash maqsadida amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarni og‘ir suspenziyada boyitish jarayonlari yuqori samaradorligi, separatorlar konstruksiyasining soddaligi va yuqori unumdorligi, boyitiladigan material sifatining o‘zgarishini sezmasligi bilan tavsiflanadi.
Biroq og‘ir suspenziyada boyitish jarayonlari cho‘k- tirishga nisbatan ko‘proq mablag‘ (qariyb 2 barobar) talab qiladi.
Og‘ir suspenziyada boyitishda o‘rtacha va yirik bo‘lak- dorlikka ega bo‘lgan materiallar gravitatsion kuchlar ta’sirida ishlaydigan separatorlardan foydalaniladi. Mayda zarracha- lardan tashkil topgan materiallar markazdan qochirma sepa- ratorlarda (gidrosiklonlarda) boyitiladi.
Flatatsion boyitish usullari. Mayda yanchilgan foydali qazilma zarrachalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra suv yoki boshqa suyuqliklar bilan qo‘llanish qobiliyati bo‘yicha ajralib, ikki yoki uch faza (odatda, suv va gaz fazalari) chegaralarida yiqilib qolishiga asoslangan boyitish flotatsiya usulida boyitish deyiladi.
Flotatsiya usulida boyitish konchilik amaliyotida keng qo‘llaniladi. Chunki bu usulda foydali qazilmalarni boyitish boshqa usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ulardan eng asosiylari:
tarkibida foydali qazilma komponenti kam bo‘lgan rudalarni ham qayta ishlash asosida boyitish mumkinligi, masalan, tarkibida 1% gacha mis, 0,1 % gacha volfram, 0,01% gacha molibden bo‘lgan va shu kabi boshqa rudalarni boyitish mumkinligi;
murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan polimetall rudalarni kompleks qayta ishlash asosida ulardan bir necha foydali komponentlarni ajratib olish, masalan, mis, oltin, kumush, volfram, molibden va boshqa metallarni ajratib olish mum- kinligi.
Boyitish fabrikalarida flatatsion jarayonlar samaradorligini oshirish uchun flatatsion registrlardan foydalaniladi. Qo‘lla- nadigan reagentlar bo‘yicha flotatsiya quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: yog‘li, ko‘piksiz, ko‘pikli, plyonkali, flotogravitatsiya va boshqalar.
Yog‘li flotatsiya: mayda yanchilgan ruda zarrachalarining zichligi 1 dan kichik bo‘lib, yog‘ bilan aralashtirib, aralash- tirmani suvga solinganda sirti yog‘ bilan qoplangan zarralarning suv betiga oqib chiqishiga asoslanadi.
Plyonkali flotatsiya: mayda yanchilgan ruda kameradagi suv yuziga asta-sekin tushiriladi. Bunda gidrofob (ho‘llan- maydigan) zarrachalar suv yuzasida qolib, plyonka hosil qiladi, gidrofil (ho‘llanadigan) zarrachalar esa cho‘kadi.
Ko‘pikli flotatsiya: mayda yanchilgan ruda bo‘tana holida zarrachalarning ho‘llanish xususiyatini oshiruvchi reagent bilan qayta ishlov berilganidan so‘ng flotatsion mashinaga tushiriladi va mayda pufakchalar ko‘rinishida havo bilan to‘yintiriladi. Natijada gidrofob zarrachalar havo pufakchalari bilan to‘qna- shib, unga ilashadi va pufakchaga yopishgan zarrachalar agregatini hosil qiladi.
Bo‘tana zichligidan kam zichlikka ega bo‘lgan agregatlar bo‘tana ustiga suzib chiqadi va minerallashgan ko‘prik plyon- kasini hosil qiladi. Plyonka esa bo‘tana yuzasidan sidirib olinadi. Gidrofil zarrachalar havo pufakchalariga ilashmasdan, bo‘tana tarkibida qolib, kamera mahsulotini hosil qiladi. Ko‘pikli flotatsiyada ko‘pik plyonkasidagi minerallar foydali komponent bo‘ladi, kamera mahsulotidagi zarrchalar esa, foydasiz jinslardan tashkil topadi.
Flotatsion reagentlar besh guruhga bo‘linadi:
to‘plovchilar (yoki kollektorlar);
ko‘piklovchilar;
faollashtiruvchilar;
susaytiruvchilar (depressorlar);
moslashtiruvchilar (regulyatorlar).
To‘plovchi reagentlar - ajratib olinadigan mineral zarra- chalari yuzasini gidrofoblashtirib, ularning ko‘pik pufakchalariga ilashish qobiliyatini oshirish hisobiga ko‘piklarda to‘planishini ko‘paytirishni ta’minlaydigan organik moddalar. Foydali qazilmalarni boyitish amaliyotida to‘plovchi reagentlar sifatida kerosin, neft va turli xil neft mahsulotlaridan foy- dalaniladi.
Ko‘piklovchi reagentlar - suv va havo chegarasi yuzasida o‘z-o‘zidan konsentratsiyalashib, ana shu yuza sirt tarangligini pasaytiruvchi sirt-faol moddalar. Bu moddalar mineral zarra- chalarini bo‘tana sirtiga suzib chiqarishni ta’minlaydigan ko‘p miqdordagi pufakchalar hosil qiladi. Ko‘pik hosil qiluvchi molekulalar suyuqlik va havo chegarasi yuzasida shunday joylashadiki, ularning polyar qismlari suv tarafiga, nopolyar qismi esa, havo fazasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Ko‘piklovchi reagent sifatida krezil kislotasi, aromatik spirtlar, og‘ir piridin kabi kimyoviy moddalar ishlatiladi.
Faollashtiruvchi reagentlar - to‘plovchi reagentlarning ajratib olinadigan zarrachalar yuzasiga yopilishini yaxshilab, flotatsiya jarayonlarini jadallashtiradi. Faollashtiruvchi reagent sifatida, asosan, anorganik birikmalar: kislotalar, ishqorlar, ishqorlangan va og‘ir metallardan foydalaniladi.
Susaytiruvchi reagentlar - bu reagentlar ko‘pik tarkibidagi hozirgi vaqtda ajratib olish kerak bo‘lmagan mineral zarrachalarning flotatsiyalanishini pasaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Susaytiruvchi reagentlarning ko‘pchiligi anorganik birikmalar (elektrolitlar) bo‘lib, ulardan minerallarni saralab flotatsiya qilishda foydalaniladi.
Moslashtiruvchi reagentlar (regulyatorlar) - bu reagentlar flotatsiya qilinadigan bo‘tanada boshqa reagentlarning ta’sir ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashni ta’minlaydi. Chunki bu reagentlar flotatsiya qilinadigan muhitdagi (bo‘tanadagi) gidroksil va vodorod ionlar (rN) konsentratsiyasini o‘zgartirib, bo‘tana tarkibidagi kislota va ishqor miqdorini flotatsiya jarayoniga moslashtirishni ta’minlaydi. Har bir mineral uchun flotatsiya muhitidagi ionlarning maqbul konsentratsiyasi (rN) laboratoriya usulida aniqlanadi.
Rudalarni flotatsiya usulida boyitishda yuqorida qayd etilgan barcha organik va anorganik reagentlardan foydalaniladi. Ko‘mirni boyitishda esa, faollashtiruvchi, moslash- tiruvchi reagentlar va depressorlar ishlatilmaydi. Foydali qazil- malarni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari flotatsion mashi- nalarda bajariladi. Bu mashinalar quyidagilarni ta’minlashi kerak:
boyitiladigan materialni uzluksiz va bir tekis bo‘tanaga tushishini, shuningdek, ko‘prik va kamera mahsulotlarini yig‘ib olishni;
bo‘tanani jadal aralashtirib turish asosida zarracha- larni bo‘tanada muallaq turish va havo pufakchalariga ila- shishini;
bo‘tana maqbul darajada ayeriratsiyalanishi hisobiga mayda havo pufakchalarini hosil qilib, ularning kamera hajmi bo‘yicha teng tarqalishini;
bo‘tana yuzasida tinch ko‘piklanish zonasini hosil qilishni.
Flotatsiya mashinalari bo‘tanani ayeriratsiyalash usuli bo‘yicha tavsiflanadi. Bunga ko‘ra flotatsiya mashinalari mexanik, pnevmomexanik, pnevmogidravlik va elektr flotatsion turlarga bo‘linadi.
Boyitishning magnit usullari. Bu usuldan, asosan, rangli metall rudalarini boyitishda qo‘llaniladi. Bunda konsentrat tarkibidagi kamyob va rangli metallarni kuchli magnitlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan og‘irlashtiruvchilar orqali regene- ratsiyalashish holatiga yetkazilishi asosida konsentrat tarkibidagi temir qo‘shimchalari fosforit rudalari, kvars qumlari kabi boshqa materiallardan xalos etiladi.
Sanoatda materiallarni quruq va ho‘l boyitish uchun kuchli va kuchsiz magnit maydoniga ega bo‘lgan separatorlar ishlab chiqariladi.
Quruq magnit separatsiyalash, odatda, zarralar kattaligi 6 (3) mm dan katta, ho‘l separatsiyalash esa, zarrachalar kattaligi
(3) mm dan kichik bo‘lgan materiallarni boyitishda qo‘l- laniladi.
Magnit boyitish usulida faqat turli magnit maydonlaridan foydalaniladi. Bunday maydonlar separator qutblarining shakli va joylashish tizimi asosida vujudga keltiriladi.
Boyitiladigan materiallardagi zarrachalar o‘zlarining magnit xossalariga ko‘ra diomagnit, paramagnit va ferromagnit minerallarga bo‘linadi.
Diomagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyil bo‘lib, turli kuchlanishga ega bo‘lgan magnit maydonidan qochadi (itariladi). Bularga mis, alyumin, vismut, surma kabi minerallar kiradi.
Paramagnit minerallar, odatda, musbat magnitlanishga moyil bo‘lib, magnit maydoniga tortiladi.
Ferromagnit minerallar kuchli magnitlanish xususiyatiga ega bo‘lganliklari tufayli ularning magnitlanish uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni talab qilinadi (temir, nikel, kobalt va shu kabilar).
Boyitishda mineral zarrachalarining solishtirma magnit- lanishga moyilligiga nisbatan minerallar 3 guruhga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |