Ko‘r stvol - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, yuk- larni pastki gorizontdan yuqori gorizontga ko‘tarish uchun xizmat qiladigan vertikal kon lahimi. Ko‘r stvollar bosh stvol orqali ochilgan so‘nggi gorizontdan pastda joylashgan foydali qazilmani ochish uchun barpo etiladi.
Gezenk - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, foydali qazilma va boshqa yuklarni o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida yuqo- ridan pastga tushirishga xizmat qiladigan vertikal kon lahimi.
Shurf - yer yuzi
bilan bevosita tutashadigan, uncha chuqur bo‘lmagan va kichik ko‘ndalang kesim yuzasiga ega bo‘lgan vertikal kon lahimi. Shurflar konlarni o‘rganish, shaxta va rudniklarni shamollatish, materiallarni shaxta ichiga tushirish kabi ishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Rudatushirgich - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan yoki tutashadigan, kichik ko‘ndalang kesim yuzasiga ega bo‘lgan va yuqori gorizontdan pastki gorizontga qazib olingan rudani o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida tushirishga xizmat qiladigan vertikal kon lahimi (ayrim hollarda qiya bo‘lishi ham mumkin).
Agar foydali qazilma koni faqat yerosti usulida qazib olinadigan bo‘lsa, rudatushirgich yer yuzi bilan tutashmaydi. Konning
yuqori qismi ochiq usulda, pastki gorizontlari yerosti usulida qazib olinadigan hollarda rudatushirgich yer yuzi bilan ochiq kon lahimlari orqali tutashadi.