Qiya kon lahimlari
Qiya kon lahimlari bevosita yer yuzi bilan tutashishi yoki tutashmasligi mumkin. Bevosita yer yuzi bilan tutashadigan qiya konlarni qiya shurf,
qiya stvol, qiya shtolnya kabi lahimlar tashkil qiladi.
Bu qiya lahimlar konni ochuvchi kapital lahimlar bo‘lib, konni ochuvchi vertikal lahimlar orqali bajariladigan barcha ishlarni amalga oshiradi.
Bremsberglar, uklonlar, sirpanmalar, yo‘laklar va pechlar yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon lahimlaridir.
Bremsberg - mexanik qurilmalar yordamida yuqori gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani pastki gorizontga tushirishga xizmat qiladi.
Uklon - pastki gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani yuqori gorizontga mexanik uskunalar yordamida chiqarib berishga xizmat qiladi.
Sirpanma (skat) - yuqori gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani pastki gorizontga o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida tushi- rishga xizmat qiladi.
Yo‘lak - bremsberg yoki uklonning bir tomoni yoki har ikki tomonidan ularga parallel o‘tiladigan qiya kon lahimi. Yo‘laklar
odamlar yurishi, materiallarni tashish, shaxtani sha- mollatish va boshqa yordamchi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.
Pech - odatda, foydali qazilma qatlami bo‘ylab uning qalinligi orasidan o‘tadi. Ular odamlar yurishi, uskuna va materiallarni tashish va boshqa yordamchi ishlar uchun xizmat qiladi.
Ko‘tarilma (восстающий) - qiya (ayrim hollarda vertikal) kon lahimi bo‘lib, asosan, ruda va boshqa yuklarni yuqo- ridan pastga o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida tashishga xizmat qiladi.
Kamera va qazish lahimlari
Ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan uncha uzun bo‘lmagan kon lahimlari
kamera deb yuritiladi.
Kameralar, odatda, stvol atrofida barpo etiladi. Shu sababli kameralar majmuyi stvol atrof inshootlari (qo‘rasi) deyiladi.
Shaxta va rudniklarda kameralarga suv chiqarish quril- malari, elektrovoz
va vagonchalar deposi, yerosti elektr podstansiyasi, tibbiy punkt kabi xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar joylashtiriladi.
Bevosita foydali qazilma yotqizig‘ini qazib olish uchun barpo
etiladigan kon lahimlari qazish lahimlari deyiladi.
Qazish lahimlarining yuzasi kavjoy (zaboy) deb ataladi. Ko‘mir shaxtalarida kavjoy katta uzunlikka ega bo‘lsa, uni
lava deb ham yuritiladi.
Qazish ishlariga mo‘ljallangan burg‘i-duduqlar (skvajinalar) va kameralar ham qazish lahimlari hisoblanadi.