O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org
2.1-rasm. Qattiq jinsning kuchlanganlik holati sxemasi. 0,25).
Ushbu kuchlanishlar ta’sirida har bir kon jinsi zarrachasi teng kuch- langanlik holatida bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, buzilmagan (tegilmagan) yer qobig‘idagi jinslar tash- qaridan biror ta’sir ko‘rsatilmaguncha qo‘zg‘almas va o‘z shaklini o‘zgar- tirmas ekan (2.1-rasm).
Kon ishlarini olib borish natijasida teng kuchlanganlik holati buzilib, kon lahimi atrofidagi jinslar deformatsiyasiga uchraydi. Chunki lahim o‘tilishi natijasida uning atrofini o‘rab turgan massivda kuchlanishlar qayta taqsimlanadi, oqibatda kon jinslari lahim bo‘shlig‘i tomon siljiydi. Kon jinslarining bunday siljishi deformatsiya deb ataladi.
Kon jinslari deformatsiyasi rivojianishiga qarshi zaruriy tadbirlar qo‘llanilmasa, u holda kon jinslari buzilib, lahimni to‘ldirib qo‘yishi mumkin. Bunga qarshi qo‘llaniladigan asosiy tadbir — kon lahimlarini sun’iy ravishda mustahkamlashdir. Bunda o‘rnatilgan mustahkamlagich kon jinslari bosimini o‘ziga qabul qilib, jinslarning lahim bo‘shlig‘iga qulab tushishini bartaraf etadi.
Professor M.M. Protodyakonovning gipotezasiga ko‘ra kon lahimi tepasida bosim gumbazi hosil bo‘ladi va bu gumbaz yuqorisidagi jins qatlamlari bosimini o‘ziga qabul qiladi. Na- tijada mustahkamlagichga tushadigan yuk lahim shifti bilan gumbazning yuqori chegarasi o‘rtasidagi kon jinsining og‘ir- ligiga teng bo‘ladi (2.2-rasm).