Elektr tokning shartli musbat yo’nalishi – manbaning “+” qisqichdan uning “-“ qisqichgacha tashqi zanjirida va manbaning “-“ qisqichdan uning “+” qisqichgacha manba ichida (tok “aylanadi”).
Chiziqli va nochiziqli elektr zanjirlar Elektr zanjirlari chiziqli va nochiziqli bo’ladi. Agar elektr zanjirida hatto bitta nochiziqli element bo’lsa ham, bu zanjir nochiziqli zanjir deyiladi. Chiziqli elektr zanjiri faqat chiziqli elementlardan iborat. Chiziqli element uchun uning xarakteristikasi chiziqli bo’ladi, nochiziqlisi uchun – nochiziqli bo’ladi
Chiziqli elektr zanjirlarda jamlash tamoyilidan foydalanilanish mumkin. Bu tamoyilga asosan qator kuchlarning ta’siri har bir kuch ta’sirlarining yig’indisiga teng:
i = ik u = uK . Elektr zanjirning elementlari aktiv va passiv bo’ladi. Aktiv elementlar - elektr energiyasi manbalari. Birinchi navbatda, passiv elementlarni ko’rib chiqamiz.