Elektr zanjirning passiv elementlari
R-da elektr energiya issiqlikka aylanadi (sochiladi),
L-da magnit maydonining energiyasi saqlanadi,
C–da elektr maydonining energiyasi saqlanadi.
Zanjirning passiv elementlari R,L va C bu matematik modellar, ideal elementlardir. Amaliyotda biz rezistorlar (R), induktiv g’altaklar (L) va kondensatorlardan (C) foyda -lanamiz.
Butun zanjir uchun Om qonuni.
Ushbu ξ = U+U ich, tenglikka zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan
U=I · R; U ich =I · r ni qo'ysak,
ξ = I • R + I • r = I (R+r) ni olamiz. Bundan:
Shunday qilib, zanjirdagi tok kuchi, manba elektr yurituvchi kuchining zanjir tashqi va ichki qismlari qarshiliklari yig'indisiga nisbatiga teng. Bu butun zanjir uchun Om qonunidir.
Om qonuniga ko'ra, zanjirning tashqi qismining qarshiligi qancha kichik bo'lsa, tok kuchi shuncha katta bo'ladi. Lekin bunda zanjirning tashqi qismidagi kuchlanish kamayadi, negaki ichki qismida I • r kuchlanish ortadi: U= ξ –I · r
Dostları ilə paylaş: |