1.2.Ruxni fizik kimyoviy xususiyatlari
Sof holdagi rux, ancha egiluvchan, oqish-kumushsimon rangli metall. Kristall panjarasi geksagonal shaklda bo‘ladi. Xona haroratida ancha mo‘rt holda bo‘ladi. Egilganda kristalllarining ishqalanishidan chiqadigan qirsillagan tovush eshitiladi. 100-150 °C haroratlarda rux juda egiluvchan bo‘lib qoladi. Juda oz miqdorli aralashmalar ham ruxning mo‘rtligini keskin oshirib yuboradi.Rux – amfoter birikmalar hosil qila oladigan odatiy metallardan biridir. ZnO va Zn(OH)2 ruxning amfoter birikmalari sanaladi. Standart elektrolitik potensiali −76 V bo‘lib, standart potensiallar qatorida temirdan avval joylashgan. Kuchli qizdirilganda amfoter oq oksid ZnO hosil qilish bilan yonadi. Havoda rux yupqa oksid qatlami bilan qoplanib qoladi:
2Zn+O2→2ZnO
Rux oksidi kislotalar bilan ham va ishqor bilan ham Reaksiyaga kirisha oladi:
ZnO+2HCl→ZnCl2+H2O
ZnO+2NaOH+H2O→Na2[Zn(OH)4]
Qizdirilganda rux galogenlar bilan reaksiyaga kirishib, galogenidlar hosil qiladi ZnHal2. Rux fosfor bilan birgalikda fosfidlar (Zn3P2 va ZnP2); oltingugurt, tellur, selenlar bilan esa xalkogenidlar (ZnS, ZnSe, ZnSe2 va ZnTe) hosil qiladi.Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor elementlari bilan rux bevosita reaksiyaga kirishmaydi. Rux nitrid (Zn3N2) rux va ammiakning 550-600 °C haroratdagi reaksiyasi orqali olinadi.
Ruxning kimyoviy xossalari
1.1-jadval
Kimyoviy xossalari
|
Kovalent radiusi
|
125 pm
|
Van-der-Vaals radiusi
|
139 pm
|
Ion radiusi
|
(+2e) 74 pm
|
Elektrmanfiyligi
|
1,65 (Poling shkalasi boʻyicha)
|
Elektrod potensiali
|
-0,76 V
|
Oksidlanish darajalari
|
|
Dostları ilə paylaş: |