9.Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda qanday qiymat bo‘yicha aks ettiriladi? O‘rtacha qiymat;
Tiklash qiymat.
*Joriy qiymat;
Qoldiq qiymat;
10.Asosiy vositalar qiymati qanday yo‘l bilan so‘ndiriladi? *Amortizatsiyani hisoblash yo‘li bilan;
Inventarizatsiya yo‘li bilan;
Balansdan balansga o‘tkazish yo‘li bilan;
Sotish yo‘li bilan.
Asosiy adabiyotlar Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. -T.:Sano-Standart, 2014. -304 b.
Maxmudov E.X. Ekonomika promыshlennыx predpriyatiy. Uchebnik. -T.-Iqtisodiyot – 2015 . -370 c.
Ivanov I.N., Belyaev A.M. i dr. Proizvodstvennыy menedjment. Uchebnik dlya bakalavrov/ pod. red. I.N. Ivanova. -M.:YUrayt, 2013. -574s.
Ulashev I.O., Atamurodov SH.A. Korxona iqtisodi va menejmenti. -T.: Tafakkur bo‘stoni, 2013.
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar korxonaning xisob raqamida nakd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi xisoblanadi.