Konchilik ishi va metallurgiya


Qarorlarni muvofiqlashtirish prinsiplari



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə98/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

4.Qarorlarni muvofiqlashtirish prinsiplari.
Boshqarish prinsiplari. Umumiy maqsadlar yo`nalishida o‘zaro munosabatlar o‘rnatib birgalikda hatti-harakatlar qiluvchi tashkilotning turli tarkibiy qismlari (elementlari) agar, munosabatlar umumiy maxraj asosida o`rnatilgan bo`lsa.muvaffaqiyatli yoki samarali faoliyat ko`rsatadilar, Umumiy maxrajga kelishning zaruriyligi nuqtai-nazarlarning turlichaligidan kelib chiqadi. Turli nuqtai-nazarlarning sohiblari insonlar-tashkilot tarkibiga kiruvchi rahbarlar, mutaxassislar, oddiy ishchi-xodimlar. Ularning tashkilot tarkibiga kiruvchi mashinalar, stanoklar, ishlab chiqarish binolari, mehnat qurollari va x.klardan farqi odamlarning keyingi qo`yadigan qadamlarini (hatti-harakatlarini, munosabatlarini) ilgaritdan ayta olish (belgilash, rejalashtirish) ehtimollik xarakteriga ega, ya’ni aniq belgilash imkoniyati yo`q. SHuning uchun, umumiy maqsadlarga erishish uchun echiladigan masalalarni rejalashtitirsh, tashkil etish, nazorat qilish bo`yicha barcha uchun umumiy hisoblangan hatti-harakatlarning qoidalari (umumiy maxrajlar) ishlab chiqilishi zarur bo`ladi. Ba’zida bu kabi qoidalar tashkilotning qonunlari yoki boshqarish prinsiplari deb ham nomlanadi.
Hozirgi zamon menejmentining prinsiplari haqida so`z borganda A.Fayolning “Общее и промышленное управления” kitobida eritilgan boshqarish prinsiplari tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • mehnat taqsimoti

  • hokimiyat

  • intizom

  • farmoyish berishning birligi

  • raxbarlikning birligi

  • xususiy intilishlarning umumiy intilishlarga buysundirish

  • ragbatlantirish

  • markazlashtirish

  • boshkarish pogonalari

  • tartib

  • haqqoniylik

  • xodimlarning turg`unligi

  • initsiativa

  • xodimlarning birligi

Adabiyotda, menejmentning asosiy prinsiplari sifatida asosan quyidagilar ta`kidlanadi:

  • boshqarishda markazlashtirish va nomarkazlashtirishning optimal birligi prinsipi.

  • huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatlarning birligi prinsipi

  • boshqarishni demokratlashtirish: xodimlarni boshqarish jarayonida qatnashishlari.

Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta`sir ko‘rsatish usulidir. Boshqaruv ob`ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar:

  • tizimli yondashuv;

  • kompleks yondashuv;

  • tarkibiy yondashuv;

  • integratsion yondashuv;

  • modellashtirish;

  • iqtisodiy-matematik yondashuv;

  • kuzatish;

  • eksperement;

  • sotsiologik kuzatuv.



Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin