Konchilik ishi va metallurgiya


Subsidiya –bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə94/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

Subsidiya –bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i.
Subsidiyalar:

  • iqtisodiyotni diversifikatsiyalash;

  • eksport-importnii muvozanatlashtirib turish;

  • innovatsiya;

  • ayrim xududlarga yordam berish;

  • konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan halqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o‘tish) maqsadida ajratiladi.

Subsidiya:

  • jahon bozorida milliy manfaatni ximoya qilish;

  • dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to‘xtatib turgan firmalarga madad berish;

  • zarur ish bilan shug‘illanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif firmalarni qo‘llab-quvvatlash;

  • davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish yuritayotgan firmalarni siylash uchun beriladi.

Sanatsiya – iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta`minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me`yorda saqlab turish maqsadida malga oshiriladi.
Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash;

  • qarzni to‘lash muddatini kechiqtirish;

  • qarz uchun berilgan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik;

  • korxonaga soliqdan engillik berish;

  • soliqni kreditga aylantirish;

  • korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash;

  • subsidiya ajratish;

  • korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.

Davlatning Sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi.

  • korxonaning milliy va xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak;

  • korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob`ektiv sabablar bo‘lishi lozim.


Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin