boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasida optimallik va oqilona nisbatni o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Farmoyish berish yo‘li bilan ta`sir ko‘rsatish barcha boshqarish bo‘limlari va organlarining ishlashini joriy ta`minlab turishdan iborat bo‘lib, bunga e`lon qilinadigan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalar berish, yozma shakilda nashr etilgan yoki og‘zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi.Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xil bo‘ladi:
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Boshqariluvchi ob`ektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan ta`sir korxonalarni:
jiddiy rejalar qabul qilishga;
mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;