Savol:Sotuvchi aralashmani sotayotganda xar bir sutdan kancha yokotdi va kancha yutdi?
8-masala. Korxona raxbari xodimlaridan biriga inflyasiya munosabati bilan oylik maosh oshirilishi uchun ikki variantni tavsiya etdi.
1-variant: xozirga damdan boshlab yiliga 1200 sh.p.b. bulgan maosh yil buyi uzgarmaydi. Keyingi yildan boshlab maosh 200 sh.p.b. oshib boradi.
2-variant: shu damdan boshlab 1200 sh.p.b.dagi yillik maosh uzgarmaydi. Xar yarim yillikning oxirida esa yillik maoshga 50 sh.p.b. teng mikdorda kushimcha pul kushiladi.
Savol: Variantlardan kaysi biri xodim uchun kulayrok?
ISHLAB CHIQARISH MASALALARI 1-Masala Poyafzal korxonasining bir oylik ishlab chikarish xajmi 1000 juft bulganda doimiy xarajatlar 200 ming sumga tugri keladi. Agar mexnat yagona uzgaruvchan omil bulsa, uning bir soatlik xarajati 1250 sumni tashkil kilsa, u xolda bir soatda 5 juft xajmdagi maxsulotni ishlab chikarish uchun urtacha ishlab chikarish xarajatlari va urtacha uzgaruvchan ishlab chikarish xarajatlari kanday mikdorlarni tashkil etishadi?
a) 200 va 250; b) 450 va 250; v) 200 va 450; g) 250 va 200.
2-Masala Faoliyati takomillashtirilgan va rakobatga chidamli firma bir yilda 20 ming dona telefon apparatlarini ishlab chikaradi. Agar urtacha uzgaruvchan xarajatlar 1750 sum va urtacha ishlab chikarish xarajatlari 2150 sumga tug‘ri kelsa xamda bitta telefon apparatining bozor baxosi 2500 so‘m bulsa, u xolda firma kancha foyda olishi mumkin?
a) 15 mln. so‘m; b) 9 mln. so‘m; v) 7 mln. so‘m; g) 4. 3 mln. so‘m
VAZIYATLI TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq «Korporativ madaniyat yoki samaradorlik»? P.Anvarov, kompyuterlar savdo qiladigan kompaniyaning marketing bo‘limida rahbar bo‘lib ishlaydi. Bozor to‘lgan, raqobat keskinlashgan, savdo hajmi pasaygan.
Uning savdo vakillari komandasida, asosan oilasiz 25-30 yoshdagi insonlar band. Mijozlarni ushlash va yangi mijozlarni jalb etish uchun ular ko‘p, hattoki dam olish kunlari xam ishlar edilar.
Bir necha vaqt avval 35 yoshli Anvarov o‘z bo‘limiga 37 yoshli, 6 yoshli bolasini bir o‘zi tarbiyalaydigan, kompyuter texnikasi marketingi bo‘yicha tajribali mutaxassisni, Laylo Umarovani ishga olgan edi.
Etarlicha ko‘p ishlayotgan Umarova haftasiga 45 soatdan ko‘p va dam olish kunlaridan voz kechish ilojisi yo‘q edi. Qolganlar esa (bolasi yo‘qlar) unga qaraganda ko‘proq ishlashar edi, Umarovadan esa uncha mamnun emasdilar.
Oxiri borib, shunday bo‘ldiki, Umarova ish borasida hammadan orqada qoldi, faoliyat ko‘rsatkichlari past.
SHunda gurux menejeri 29 yoshli I.Salimova Anvarovdan Umarovani bo‘shatishini talab etadi.
Anvarov qanday yo‘l tutish kerak.
Albatta, kompaniya etarli bo‘lmagan darajada ishlayotgan xodimlarni ushlab turishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Lekin Anvarov shunga aminki, Umarova yaxshi mutaxassis va yaxshi munosabatga loyiq. Ikki bolaning otasi sifatida uni yaxshi tushunadi.
Bundan tashqari rahbariyat tomonidan xodimlarga oila qadriyatlari haqida ko‘p gapirilgan.
Bu tasdiqlar quruq gap bo‘lib qolaVasiladimi?
Vazifa 1.Vujudga kelgan nizo xarakterini aniqlang va vaziyatni tahlil qiling.
2.Ushbu muammoni echish uchun qanday har-xil takliflar berar edingiz?
3.Anvarovning o‘rnida bo‘lganingizda qanday qaror qabul qilgan bo‘lar edingiz?
Javoblaringizni asoslang.