Konchilik ishi va metallurgiya


Iqtisodiy samaradorlik. Investitsiyalarning qoplanish muddati



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə81/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

11.3.Iqtisodiy samaradorlik. Investitsiyalarning qoplanish muddati.
Samaradorlik – muhim o‘lchov birlikdir.
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat harajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshiroq foydalanish, noishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdir.
Samara - ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad hajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi.
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda harajat qilish kerak. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan harajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Samaradorlik, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish - boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va xokazolarning natijasi.
Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.
Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘kotishni ifodalaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi xisoblanadi, chunki iqtisodiy yutuklar korxonaning ijtimoiy muammolarini xal qilishga yordamlashadi. Samaradorlik tufayli korxona kuyidagilarga ega bo‘ladi:

  • o‘zining iqtisodiy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlaydi;

  • ‘z imidjini yaxshilaydi va xamkorlar bilan alokalarini mustahkamlaydi;

  • xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi:

  • bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda eng kam harajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;

  • iste’molchilar talabini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarib sotish va foyda olish;

  • aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish.

Xo‘jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jixatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan: ish kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va maxsulotning mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida baxolash mumkin. Mehnat unumdorligi – inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.



bu erda:
Mu – mehnat unumorligi;
Q - maxsulot xajmi qiymat ko‘rinishida;
Is - ishchilar soni.
Mahsulotning mehnat sig‘imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chikarilgan maxsulot xajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi - insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.

Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi maxsulotning fond sig‘imi va fond kaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond kaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chikarilgan maxsulotni anglatadi. U maxsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

bu erda:
Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital ko‘yilmalarni anglatadi.

Fond qaytimi kanchalik yuqori va fond sig‘imi qanchalik past bo‘lsa, mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond qaytimini ko‘paytirishning muhim zahirasi, asbob-uskunalardan unumli foydalanish, texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

bu erda:
m- maxsulotlarning material sig‘imi;
MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m;
Q- maxsulot xajmi, so‘m
Samaradorlikni oshirish omillari kuyidagilar: maxsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond qaytimini oshirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Bu yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;

  • fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va maxsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish;

  • ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va xududiy joylashtirish darajasini oshirish;

  • inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga ko‘yish ;

  • xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;

  • ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.

Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi.
Keyingi jadvalda modernizatsiyaning samaradorlik ko‘rsatkichlari dinamikasi ko‘rsatilgan.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma, ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi - tovar maxsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashkari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining maxsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan tashkil topadi.
Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF) - bu, sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

bu erda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan tushgan sof tushum;
MT – maxsulotning tannarxi.
Sof foyda (SF) – bu solik to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida koladi,soliklar to‘langunga kadar olingan foydadan minus daromad soliklari va boshqa solik va to‘lovlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.


bu erda:
SF – sof foyda;
DS – daromaddan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliq va to‘lovlar.



Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin