Konchilik ishi va metallurgiya


Po’latlarni skrap usulda ishlab chiqarish



Yüklə 332,62 Kb.
səhifə4/14
tarix13.12.2023
ölçüsü332,62 Kb.
#174729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Konchilik ishi va metallurgiya

Po’latlarni skrap usulda ishlab chiqarish
Bu usuldan domnalari bo’lmagan kichik metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida foydalaniladi. Bunda shihtani 55 - 75% temir - tersak chiqindilar, qolgani qayta ishlanadigan qattiq (chushka) cho’yandan iborat bo’ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ozroq temir ruda, flyus sifatida ma'lum miqdorda ohaktosh kiritiladi.
Jarayon yuqorida ko’rilgan skrap - rudali usuliga o’xshash kechadi. Pechni ishga tushirishdan avval unga temir - tersak chiqindi (skrap) larning yarmi, keyin esa metall massasining 3 - 5% hisobida ohaktosh, qolgan temir - tersak chiqindilar va qattik cho’yan solinadi.
Shihta to’la suyuqlangach pech gazlaridagi kislorod hamda metalldagi erigan FeO ning kislorodi hisobiga Si, P, Mn lar oksidlanadi. SiO2, MnO, CaO oksidlar birikib, natijada shlak hosil bo’ladi. Vanna temperaturasi zarur temperaturaga ko’tarilgach S jadal oksidlanib metall gazlardan va nometall qo’shimchalardan tozalana boradi. Yuqoridagidek metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida qaytariladi. Kutilgan tarkibli po’lat pechdan kovshlarga novlari orqali chiqariladi.
Marten pechlar ishining texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari va ularni oshirish yo’llari
Marten pechlarining ish unumi pech tagligining har bir kvadrat metr yuzasidan bir sutkada olingan po’lat va uni olishga sarflangan shartli yoqilg’i miqdori bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda pech tubining har bir m2 yuzasidan bir sutkada o’rtacha 8 - 12 t gacha olinib, har bir tonna po’lat uchun 80 - 100 kg gacha shartli yoqilg’i sarflanadi. Marten pechlarida har xil tarkibli shihta materiallaridan turli markali uglerodli, kam va o’rtacha legirlangan po’latlar olinishi uning afzalligi, jarayonni uzoq vaqt davom etishi (8 - 10 soat) va yoqilg’ining ko’p sarflanishi esa kamchiligi hisoblanadi.
Pechlarning ish unumini oshirish maqsadida shihta materiallarni suyultirishga yaxshilab tayyorlash, ularni pechga yuklashni mehanizatsiyalashtirish, jarayonini avtomatik boshqarish, ayniqsa tabiiy gaz va kisloroddan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, pechga haydalayotgan havoning 30% kislorodga to’yintirilsa, jarayonning tezlashishi hisobiga ish unumi 20% ga ortib, yoqilg’i sarfi 10 - 15% ga kamayadi.
Keyingi yillarda yuqori sifatli arzonrok po’latlar olishda kombinirlangan, ya'ni avval po’lat asosli pechda olinib, keyin esa uni kislotali pechda qayta ishlash usullarini qo’llash yaxshi samara bermoqda.

Yüklə 332,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin