Konchilik ishi va metallurgiya


KISLOTALI MARTEN PECHLARIDA PO’LAT ISHLAB CHIQARISH



Yüklə 332,62 Kb.
səhifə6/14
tarix13.12.2023
ölçüsü332,62 Kb.
#174729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Konchilik ishi va metallurgiya

KISLOTALI MARTEN PECHLARIDA PO’LAT ISHLAB CHIQARISH
Bu usulda yuqori sifatli konstruksion va legirlangan po’latlar olishda foydalaniladi. Kislotali marten pechining tuzilishi asosli marten pechining tuzilishiga o’xshash bo’lib, devori esa o’tga chidamli dinas g’ishtidan teriladi. Lekin bu hol eritilayotgan shihtadan shihtadagi S va R ni tozalash uchun flyus sifatida ohaktoshni pechga kirishga imkon bermaydi. Shu sababli faqat tarkibida S va R<0,2 - 0,3% bo’lgan toza shihtalardan foydalanish kerak. Amalda ko’pincha po’lat avval odatdagi shihta asosli pechda, keyin kislotali pechda ishlanib kutilgan tarkibga keltiriladi. Flyus sifatida kvarsitdan yoki kislota harakterli marten shlakdan foydalaniladi. Pechga kiritilgan shihta materiallari suyuqlanayotgan vaqtdan boshlab, asosli marten pechlaridagi kabi uning tarkibidagi Fe, Si, Mn, P elementlar oksidlana boshaydi. Bu oksidlar uzaro birikib dastlabki, yuqori kremniyli (40 - 60% SiO2) shlak ajralib metall sirtiga ko’tarilib uni pech bo’shlig’idagi azotga, vodorodga va kislorodga to’yinishdan saqlaydi. Pechga kiritilgan temir ruda tarkibidagi kislorod hisobiga uglerodning oksidlanishi zarur tarkibli po’lat olinguncha davom ettiriladi.
Kislotali pechlarda po’lat olishning harakterli hususiyati shundaki, birinchidan shihtada S va R lar miqdorining ozligi bo’lsa, ikkinchidan FeO taribidagi Fe qaytaruvchi moddalar vositasida emas, balki yuqori temperaturada shlakdan hamda pech devoridan uglerod va temir hisobiga qaytarilgan Si vositasida qaytariladi.
Uchinchidan kislotali shlakdan olingan po’lat asosli pechlarda olingan po’latlarga qaraganda azotga, vodorodga, kislorodga kam to’yingan bo’lib, tarkibida metallmas qo’shimchalar miqdori ham kam bo’ladi. Shuning uchun bu po’latlar yuqori mexanik xossalarga egadir.
Marganesning oksidlanishi va qaytarilishi.
Oksidlovchi eritish davrida shlakdan uning tiklanishi va oksidlanishi kuzatilishi mumkin. Bu ikki jarayon quyidagi reaksiya bo’yicha oqib o’tadi.
[Fe] + (MnO)  [Mn] + (FeO) (4)
Bu jarayonda ta’sir etuvchi moddalar konsentratsiyalarining muvozanat konstantasi
KMn = (FeO)[Mn]/(MnO) (5)
KMn kattaligi haroratga va shlak tarkibiga bog’liq. Agarda shlak faqat FeO
va MnO lardan tashkil topgan bo’lsa unda KMn quyidagicha aniqlanadi.
Asosan po’lat eritish jarayonida hosil bo’lgan shlaklar FeO tarkibida FeO va MnO dan tashqari, unga katta ahamiyatga ega bo’lmagan qator oksidlar CaO va SiO2 dan iborat bo’ladi. Bu oksidlardan CaO KMn qiymatini oshiradi. SiO2 esa kamaytiradi.
Mn ning oksidlanishi natijasida shlak tarkibida FeO ning oshishiga MnO ning kamayishiga olib keladi. Bu shlakning asosligining kamayishiga va metal haroratining kamayishiga olib keladi.
Elektropech shixtalarida Mn ning miqdori odatda 0,4-0,6 %ni tashkil qiladi. Eritish davrida Mn ning ko’p qismi oksidlanadi va eritish jarayoni oxirida metal tarkibidagi uning miqdori 0,25 % tashkil qiladi. Oksidlantirish mobaynida Mn 0,15-0,20 % gacha oksidlanadi. Gohida po’lat tarkibidagi Mn miqdori 0,1 % gacha pasayadi. Bir necha hollarda Mn kam miqdorligi metal harorati pasayishiga olib keladi. Biroq ko’pchilik hollarda Mn unga oksidlanishi natijasida shlak tarkibida FeO ning miqdori ko’payib MnO ning miqdori kamayib ketishiga olib keladi.

Yüklə 332,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin