Konchilik ishi va metallurgiya


IKKI VANNALI MARTEN PECHLARIDA PO’LAT ISHLAB CHIQARISH



Yüklə 332,62 Kb.
səhifə5/14
tarix13.12.2023
ölçüsü332,62 Kb.
#174729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Konchilik ishi va metallurgiya

IKKI VANNALI MARTEN PECHLARIDA PO’LAT ISHLAB CHIQARISH
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, odatda marten pechlarining ish bo’shlig’ida ajralayotgan issiqlikning 20 - 25% igina shihta materiallari va shlakni qizdirishga sarflanadi. (~50 - 55% pech gazlari bilan, 20 - 25% esa suv bilan sovutiluvchi o’tga chidamli g’ishtdan terilgan devorlarga o’tadi). Shu boisdan, issiqlikdan to’laroq foydalanish yo’lidagi izlanishlar ikki vannali pechlarning yaratilishiga olib keldi.
Pechning tuzilishi. pechning ish bo’shlig’ini suv bilan sovitib turiladigan o’tga chidamli to’siq 7 bilan A va B qismlarga ajratiladi. Pech shipi esa ajraladigan qilinib, ularning har biri o’z yuklash darchalariga, po’lat va shlak chiqarish novlariga ega. Jarayonda ajralayotgan gaz esa mo’ri 6 orqali chiqib ketadi.
Pechning ishlashi. pechning o’ng yog’idagi B qismiga yuklangan shixta materiallar qizdirilayotgan vaqtda chap yoqdagi A vannadagi suyuq metall sathiga o’z furmalari 2 orqali kislorod haydab turiladi, bunda ajralayotgan gaz B vannaga yo’naltiriladi va u yerda kislorod (II) – oksidi (CO) to’la yonadi. natijada vanna temperaturasi ko’tarilib undagi shixta materiallar shiddatli qiziy boshlaydi. A vannadagi metall kutilgan tarkibga kelganda po’lat va shlak o’z novidan kovshga chiqarila boshlaydi. so’ngra qattiq shixta materiallar yuklanadi. Ayni vaqtda qizib turgan B vannaga qayta ishlanuvchi cho’yan quyiladi – da suv bilan sovitib turiladigan o’z furmasidan kislorod haydaladi. Ajraluvchi gaz endi A vannaga yo’naltiriladi. jarayon shu yo’sinda davom etadi. natijada issiqlikdan to’laroq foydalaniladi.

2 – rasm. Ikki vannali marten pechining ishlash sxemasi:


1 – gorelka; 2 – kislorod furmasi; 3 suyuqlantirilgan metall; 4 – shlak; 5 – qattiq shixta; 6 – mo’ri; 7 – to’siq.
Mamlakatimizda 1965 yildan boshlab ikki vannali pechlardan (Magnitogorsk, Cherepoveck va boshqa metallurgiya kombinatlarida) foydalanilmoqda.
Gaz yo’nalishi maxsus moslama (shiber) lar yordamida o’zgartiriladi. Agar shixtada 50% dan ortiq suyuq cho’yan bo’lsa, yoqilg’i sarflamay jarayonni olib boorish mumkin, bunda jarayon kislorod konvertorlarda kechuvchi jarayonlar kabi, ammo ulardan sustroq kechadi. Konstrukciyaning oddiyligi, ish unumining bir vannali pechlarga qaraganda 1,5 – 2 marta ortiqligi, yoqilg’ining 4 – 6 marta kam sarflanishi tufayli bu pechlardan keng foydalaniladi.

Yüklə 332,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin