Konchilik sanoati va konchilik korxonalari



Yüklə 11,07 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü11,07 Kb.
#178476
  1   2   3   4
Konchilik sanoati va konchilik korxonalari-fayllar.org


Konchilik sanoati va konchilik korxonalari

Konchilik sanoati va konchilik korxonalari
Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara bera- digan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bo‘lgan tabiiy minerallar foydali qazilma hisoblanadi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni Yer qobig‘idan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko‘rinishlarda uchraydi.
Foydali qazilmalarni qazib olishning yer osti, ochiq, geotex- nologik, skvajina va aralash usullari mavjud bo‘lib, ularni qazib olish konchilik korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Konchilik korxonasi konlarni izlab topish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaradi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqa- ruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
Shaxta — foydali qazilmalarni (asosan, ko‘mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Rudnik — asosan, metall rudalari, kon-kimyoviy xomashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Karyer — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Razrez — ko‘mir qazuvchi karyer.
Priysk — qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Promisel — suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazil- mani qazib olish bilan bog‘liq barcha ishlar majmui konni qazib chiqarish deyiladi.
Bu ishlar kon qazib chiqarishning bo‘g‘inlari hisoblanadi. Masalan, dastlab konni ochish, so‘ng uning bir qismini qazishga

1, 2, 12 — vertikal lahimlar; 3, 4, 5, 10, 11 — gonzontal lahimlar;


6, 7, 8, 9 — qiya lahimlar; 13 — nasos kamerasi; 14 — qazish kavjoyi.
tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari birin- ketin bajariladi.

Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun yer osti kon lahimlari to‘rini barpo etish zarur (1.1- rasm).


Kondan qazib olingan foydali qazilmalar ushbu lahimlar orqali yer yuziga chiqarib beriladi.
Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun dastlab uning bir qismini massivdan ajratib olish (buzish) lozim. Ko‘mir konlarini qazib chiqarishda massivni buzish, asosan, mexanik usulda, ruda konlarini esa portlatish usulida amalga oshiriladi.
Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda barcha kon ishlari yer yuzida, ochiq kon lahimlari orqali bajariladi (1.2- rasm).
Ochiq kon korxonalarida kon yotqiziqlarining yotish sharoit- lariga ko‘ra, nafaqat foydali qazilma, balki katta hajmda puch (foydasiz) kon jinslari ham qazib olinadi. Bu jinslar foydali qazilma yotqizig‘i ustida joylashganligi sababli ularni qoplama jinslar yoki ochish jinslari deb ham yuritiladi.
Kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazish-yuklash, ularni tashish va foydasiz kon jinslari ag‘darmasini hosil qilish ishlari ochiq kon ishlarining asosiy ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi.



Yüklə 11,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin