Konchilik sanoati va konchilik korxonalari-fayllar.org
Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari Qattiq foydali qazilma konlari yer qobig‘ida joylashish bo‘yicha to‘g‘ri va noto‘g‘ri shaklli konlarga ajratiladi.
To‘g‘ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko‘rinishga ega bo‘lgan konlar tashkil qiladi.
Yer qobig‘ida keng tarqalgan, plitasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan, har ikki tomonidan bir-biriga deyarli parallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma yotqizig‘i «qatlam» deb ataladi. Ikki jins qatlamini bir-biri bilan ustma-ust tutashish tekisligi qatlamlanish tekisligi hisoblanadi.
Foydali qazilma qatlami tepasiga joylashgan jins qatlami qatlamning shifti yoki «osilma» yoni deyiladi.
Qatlam ostidagi jinslar esa, qatlam asosi (zamini) yoki «yotish» yoni deyiladi. Qatlamlar oddiy (bir tarkibli) va murakkab (ko‘p tarkibli) bo‘lishi mumkin.
Cho‘kindi jinslar tarkibida hosil bo‘lgan foydali qazilma konlari, asosan, to‘g‘ri shaklli konlar hisoblanadi (ko‘mir, yonuvchi slanes, mineral tuzlar, gips, marganes va boshqa foydali qazilma konlari).
Reja:
1. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari.
2. Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar.
3. Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari.