JORIY MUKAMMAL REJALASHTIRISH
Kon bo’yicha rejalashtirilgan yilda, chorakda va oyda neft yoki gaz qazib olish rejasi joriy mukammal (kon ichidagi) rejalashtirishning asosidir.
Mukammal rejalashtirishda ishlatish loyihasi bo’lgan uyumlarni va ishlatish loyihasi bo’lmagan uyumlarni ajratish kerak.
Ishlatish loyihasi bo’lgan uyumlar bo’yicha neft va gaz qazib olishni rejalashtirish va quduqlarni burg’ilash shu loyihalar asosida bajarilib, fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan foydalanib, uyumni ishlatish va burg’ilash texnologiyalarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni hisobga olib amalga oshiriladi.
Uyumning ishlatishni haqiqiy holati loyihada ko’rsatilgan ma’lumotlardan birmuncha farqlanadigan hollarda rejalashtirilgan muddatda flyuid qazib olish va burg’ilash hajmlariga tuzatishlar kiritiladi hamda ular loyihadagi ma’lumotlarga muvofiqlashtiriladi. Bu vazifalarni xal etish va bunday tuzatishlarni amalga oshirish u yoki bu kondagi aniq ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.
Ishlatish loyihasi bo’lmagan uyumlar bo’yicha neft va gaz olishni rejalashtirish keyingi yilga ko’chadigan, vaqt davomida debiti va bosimi pasayib boradigan quduqlar fondi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda quyidagi parametrlar aniqlanadi:
1) har bir quduqning o’tgan yilning dekabr oyidagi sutkalik o’rtacha kirish debiti;
2) debitlar o’zgarishi (pasayishi)ning oylik koeffitsienti1);
3) ishlatilayotgan quduqlarning quduq-oylik soni (bir quduqning bir oydagi ishi o’lchovi);
4) quduqlarning ishlatilish koeffitsientlari.
Kirish debitlari debitlar pasayishining oylik koeffitsientining miqdori bo’yicha aniqlanadi. Uyumning quduq-oylik ishlatish miqdori va ishlatish koeffitsienti quduqlarning ishlashini bir qator so’nggi yillari uchun belgilanadi va ularning ishlatish muddatini hamda ta’mirlash davri oralig’i muddatini uzaytirish bo’yicha tadbirlari hisobga olinadi.
Rejalashtirilgan yil davomida debitning pasayish koeffitsienti bir xil bo’lsa, neft qazib olishni hisoblashni soddalashtirish uchun karralilik koeffitsienti Kkr dan foydalanish mumkin. Karralilik koeffitsienti deb kamayuvchi geometrik progressiya hadlari yig’indisiga aytilib, unda birinchi had va progressiya maxraji bosimning oylik pasayish koeffitsientiga teng, hadlar soni esa rejalashtirilayotgan davr oylari soniga (bir yil bo’lganda 12 oy) teng. Bu koeffitsient quyidagi nisbatda hisoblanadi
, (15.1)
bunda K – debit pasayishining oylik koeffitsienti; n – rejalashtirilayotgan davr oylari miqdori.
Eng ko’p uchraydigan debitlar pasayishi koeffitsientlari qiymatlari uchun karralilik koeffitsientini maxsus hisoblangan jadval bo’yicha aniqlash mumkin (15.1-jadval)
15.1-jadval
Debitning o’zgarish
koeffitsienti
|
Karralilik koeffitsienti
|
12 oyga
|
6 oyga
|
1,000
|
12,000
|
6,000
|
0,990
|
11,248
|
5,791
|
0,980
|
10,549
|
5,593
|
0,960
|
9,298
|
5,216
|
0,940
|
8,215
|
4,860
|
Neft va gaz tashkilotlarida quduqlarning ko’chmas fondi bo’yicha qazib olingan neft miqdori Q quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi (V.S. Gavura, A.I. Gubanov, V.S. Kovalev va b., 1978):
Q=q·30,4Kkr , (15.2)
bunda q sutka davomida chiqarib olingan dastlabki neft miqdori, t.
Rejalashtirilgan davrga karralilik koeffitsienti oldingi davrdagi daliliy ma’lumotlar asosida aniqlanadi:
, (15.3)
bunda Qi i yilda eski quduqlardan yil davomida qazib olingan neft miqdori, t; qi i yilda sutka davomida qazib olingan dastlabki neft miqdori, t.
Debitning o’zgarish koeffitsientiga asoslangan metodni uyumdan olinadigan zaxiralarni yuqori darajada barqaror chiqarib olish imkonini beradigan neftni qatlamdan suv bilan siqib chiqarishda qo’llab bo’lmaydi.
Bu holatda neft qazib olishni rejalashtirish ikki bosqichdan iborat bo’lishi kerak:
1) uyumdan suyuqlikni chiqarib olishni rejalashtirish;
2) quduqdan chiqarib olinayotgan mahsulotning suvlanganlik darajasini bashoratlash.
Suyuqlik olishni rejalashtirish uchun «Kuybishevneft» birlashmasi xodimlari taklif etgan tenglamadan foydalaniladi:
(15.4)
bunda Qji - rejalashtirilgan yilda suyuqlik olish, t; Kfi -rejalashtirilgan yildagi ishlatish koeffitsienti ; Kf(i-1)- oldingi yildagi ishlatish koeffitsienti; qi-1 oldingi yil dekabrdagi sutkalik suyuqlik olish, t; 365 - rejalashtirilgan yilda «eski» quduqlarning ish kunlari soni (kabisa yilda - 366); Qya.q. – rejalashtirilgan yilda yangi quduqlardan suyuqlik olish, t; ∆Q1- quduqlarning maqbul ish rejimini belgilash (mehnat unumdorligini oshirish, mexanizatsiya vositasida qazib olishga o’tish) hisobiga suyuqlik qazib olishning o’sishi, t; ∆Q2- quduqlarni boshqa gorizontlarga qaytarish va qatlamlarni hamda kichik qatchalarni qo’shimcha ravishda otib perforatsiyalash orqali suyuqlik qazib olishni o’stirish, t; ∆Q3- quduqlar tub zonasiga ishlov berib ta’sir ko’rsatish (kislota bilan qayta ishlash, (yuza-faol moddalarni qo’llash va b.) orqali suyuqlik qazib olishni o’stirish), t; ∆Q1, ∆Q2, ∆Q3 rejalashtirilgan davrda ma’lum quduqlar bo’yicha aniqlanadi; ∆Q4 rpl qatlam bosimini oshirish hisobiga suyuqlik qazib olishni ko’paytirish bo’yicha bashorat hisob-kitoblari, t; ∆Q5 - quduqlarni to’xtatish hisobiga suyuqlik qazib olishni kamaytirish, t.
Tenglamaning birinchi hadi alohida izohni talab etmaydi, bu oldingi yildagi suyuqlik qazib olish bo’lib, rejalashtirilgan yildagi ishlatish koeffitsientining o’zgarishiga to’g’rilangan.
Tenglamaning ikkinchi hadi yangi quduqlardan suyuqlik chiqarib olish:
Qn.s=nqn.sT1, (15.5)
bunda qn.s - bitta yangi quduqning bir sutkalik suyuqlik debiti, t; n - rejalashtirilgan davrda foydalanishga tushirish belgilangan yangi quduqlar soni; T1 - bitta yangi quduqning o’rtacha ish kunlari soni.
n va T1ning qiymatlari yangi quduqlar burg’ilash rejasidan aniqlanadi, qn.s ning qiymati esa yangi quduqlar burg’ilanadigan rayonning geologik-fizik parametrlarini va qo’shni quduqlar debitini tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Tenglamaning uchinchi, to’rtinchi, beshinchi, oltinchi hadlari quduqlarning eski fondi bo’yicha rejalashtirilgan yilda avvalgi yilga nisbatan suyuqlik qazib olishning ortishini ko’rsatadi.
Eski fonddagi quduqlardan suyuqlik olishning o’zgarishiga sabab bo’ladigan omillar miqdori juda katta. Suyuqlik qazib olish rejasini hisob-kitob qilishda faqat uning asosiy o’sishini ta’minlaydigan tadbirlar hisobga olinadi.
Tenglamaning oltinchi hadi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi
∆Q4= Kmahs∆rT4 (15.6)
bunda Kmahs − uyumning mahsuldorlik koeffitsienti, (t/sut)/MPa; ∆r – rejalashtirilgan davrda qatlam bosimining kutilgan o’sishi, MPa; T4 - qatlam bosimi rq oshganda uyumni ishlatishning taxminiy vaqti.
Tenglamaning ettinchi hadi quduqning to’xtatilishi hisobiga qatlamdan suyuqlik olishning kamayishini ko’rsatadi:
∆Q5 =nq5 T5 , (15.7)
bunda q5 - to’xtatilgan quduqlarning sutkalik o’rtacha suyuqlik debiti, T5 - rejalashtirilgan yilda foydalanishdan chiqarilgan quduqlarning o’rtacha bekor turgan kunlari miqdori.
Qazib olinayotgan mahsulotning suvlanganligini bashorat qilish uchun ayrim, masalan, B.F.Sazonov (1962) taklif etgan empirik bog’liqliklardan foydalanish mumkin:
, (15.8)
bunda x - jami qazib olingan neft, t; Z - jami qazib olingan suyuqlik, t; a1 va b1 - doimiy miqdorlarx).
Grozniy, Ozarbayjon, Krasnodar o’lkasi va Embaning eski neftli rayonlarida joriy rejalashtirish paytida ko’pincha har bir quduq uchun alohida neft qazib olish va burg’ilash rejasi tuzilgan va ular ishlatish (15.2-jadval) va burg’ilash (15.3-jadval) «gilami» deb atalgan.
15.2-jadval
Quduq raqa-
mi
|
Ishga
tushiril-
gan sanasi
|
Chuqur-
ligi,
m
|
Ishlatish kolonnasi diametri, mm
|
Qatlam
|
Oylar
|
Yil mobaynida qazib olingani, t
|
Ishlatish oylari soni
|
Eslatma
|
1.. XII
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
15.3-jadval
Quduq raqami
|
Yil boshiga chuqurligi, m
|
Loyihadagi
|
oylar
|
Yil oxiridagi chuqurligi, m
|
Yil mobaynida kavlangani, m
|
Suvni berkitadigan boshmoqning chuqurligi
|
Dastgoh-oylar miqdori
|
Eslatma
|
gorizont
|
chuqurlik,
m
|
I... XII
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Eski (keyingi yilga ko’chiriladigan) quduqlar
Yangi quduqlar
Erkin gazni qazib olish miqdori kondan gaz olish imkoniyatini, gazuzatgich quvurining o’tkazish qobiliyatini va magistral gazuzatgich quvuri trassasidagi iste’molchilar ehtiyojini hisobga olib rejalashtiriladi. Oxirgisi shuning uchun ham katta ahamiyatga egaki, gazuzatgich quvurining so’nggi punktida gaz iste’mol qilish mavsumiy qisqarganda (tegishli gaz omborlari bo’lmaganda) magistral gazuzatgich quvurlari quvvatidan ko’pi bilan 85% foydalanish mumkin. Trassa bo’yida gazning mavsumiy ortiqchaligi paytida boshqa yoqilg’i o’rniga gazdan foydalanishga o’tishi mumkin bo’lgan mavsumiy iste’molchilarning mavjudligi gaz iste’molining doimiyligini ta’minlaydi. Gaz iste’molining mana shu muntazamligidan va o’tkazish qobiliyati muvofiq keladigan gazuzatgich quvurining mavjudligidan kelib chiqib, gaz qazib olishni rejalashtirish har bir quduq bo’yicha alohida amalga oshiriladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi
Vr=VsutT (15.9)
bunda Vr- rejalashtirilgan yilda erkin gazni qazib olish, mln.m3; Vsut - gazning sutkadagi o’rtacha debiti, mln.m3; T - quduq ishlaydigan kunlar miqdori.
Keyingi yilga ko’chiriladigan quduqlar
Yangi quduqlar
Yangi quduqlar ishga tushirilishini hisob-kitob qilish, ularning miqdorini, burg’ilash hajmini aniqlash va burg’ilash muddati tugashini quduqlarni ishga tushirish bilan muvofiqlashtirish neft qazib olishni rejalashtirishga monand qilib amalga oshiriladi.
Yo’lakay gaz qazib olishni rejalashtirish neftni gaz bilan to’yinganlik bosimidan yuqori bo’lgan bosimda ishlatiladigan konlarda alohida va neftni gaz bilan to’yinganlik bosimidan past bosimda ishlatiladigan konlarda alohida amalga oshiriladi.
To’yinganlik bosimidan yuqori bosimda ishlatiladigan konlar uchun gaz omilining qiymati vaqt davomida amalda o’zgarmas bo’ladi va rejalashtirilayotgan yo’lakay gazlar miqdori joriy yildagi o’rtacha gaz omili qiymatini rejalashtirilgan yildagi qazib olinadigan neft miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Qatlam bosimi to’yinganlik bosimidan past bo’lgan sharoitda ishlatilayotgan konlarda yo’lakay gazni qazib olish gaz omili asosida rejalashtiriladi, shu bilan birga uning qiymatini vaqt mobaynida o’zgarishi ham hisobga olinadi.
Yo’lakay gazni rejalashtirishda uni qazib olishni ko’paytirishga harakat qilinmaydi, sababi, ta’kidlab o’tilganidek, neftda erigan gaz qatlam energiyasining asosiy elementlaridan biri hisoblanadiki, uni saqlash uyumni omilkorlik bilan ishlatish uchun zarurdir. Bunday qimmatbaho mahsulotni mash’ala sifatida yoqishni to’la to’xtatish va gazdan maqsadli foydalanishga e’tibor berish kerak.
Qazib olishni rejalashtirish turli xususiyatlariga ega bo’lgan neft va gaz uchun alohida olib boriladi, shuningdek, ularni uyum tiplari va ishlatish rejimi bo’yicha bo’lish ham maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ishga tushirilayotgan quduqlarni pastki gorizontlarga chuqurlashtirilish; ularni yuqorida joylashgan gorizontlarga qaytarish bo’yicha ham ajratish mumkin. Rejalashtirilayotgan davrda quduqlarning unumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va hisobga olish, eski quduqlardan neft va gazni ko’p miqdorda olishni rejalashtirish muhim hisoblanadi.
Quduqlarni burg’ilash va neft hamda gaz qazib olishni rejalashtirishning grafik ilovalari ham bo’ladi, bular orasida quduqlar fondlari xaritalari va neft-gaz uyumlarining ishlatish holati aks etgan xaritalari birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |