15-mavzu: KONDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK ISHLARINI
REJALASHTIRISH ASOSLARI
Neftgaz qazib olish sanoatini yuksaltirishni rejalashtirish og’ir industriya sohasini va neftkimyo xom ashyosi ishlab chiqarish bazasini yuksaltirishning umumiy rejalashtirishning muhim bo’g’ini hisoblanadi.
Quduqlar burg’ilash va neft qazib olishda har bir konning, har bir mahsuldor gorizontning va har bir quduqning imkoniyatlarini, ilg’or ishlab chiqarish metodlarini, shuningdek, vatanimiz va xorij fani va texnikasi yutuqlarini diqqat bilan va muntazam o’rganish lozim. Neftgaz konlari korxonalari ishini rejalashtirish butun xalq xo’jaligi sistemasini rejalashtirishning ajralmas qismidir.
Odatda ikki xil rejalashtirish bo’ladi: istiqbolli rejalashtirish (5,10 yil va undan ham ko’proqqa mo’ljallangan); joriy mukammal rejalashtirish (bir oy, kvartal, yilga mo’ljallangan). Istiqbolli va joriy mukammal rejalashtirishning birligi va uzilmas aloqasi bu jarayonning uzluksizligi bilan ta’minlanadi.
Rahbar organlar tomonidan tasdiqlangan xalq xo’jaligini, shu jumladan, neft va gaz sanoatini istiqbolda rivojlantirish raqamlari rejalashtirishga asos qilib olinadi.
ISTIQBOLLI REJALASHTIRISH
Istiqbolli rejalashtirish neft va gaz sanoatini bir necha yil: 5,10 yil va undan ko’proq muddatda yuksaltirish rejasini tuzishni ko’zda tutadi. Bir necha yilga reja tuzish odatda yaxlitlashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi. Asosiy ko’rsatkichlarni umumlashtirib, belgilab olgandan so’ng ayrim bo’limlar bo’yicha mukammalroq rejalashtirishni amalga oshirish mumkin.
Istiqbolli rejalashtirishning geologiya qismida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
1) ishlatilayotgan quduqlar fondlarining holati haqidagi ma’lumotlar, ishlatilayotgan quduqlar soni, ishlatilayotgan maydonlarning o’lchamlari va ulardagi zaxiralarni ko’rsatgan holda;
2) razvedka qilingan, ishlatishga tayyorlangan fondlarning holati haqidagi ma’lumotlar, fonddagi nuqtalar soni, maydonlarning o’lchami va ulardagi zaxiralarni ko’rsatgan holda;
3) razvedka ishlari amalga oshirilayotgan maydonlarning tavsifi, razvedka ishlarining holati, burg’ilanadigan zaruriy razvedka quduqlarining hajmi, kutilayotgan natijalar va razvedka ishlari tugaydigan muddatni ko’rsatgan holda;
4) ayrim maydonlar bo’yicha dala-geologik izlash va geofizik ishlarning holati tavsifi va ko’rsatilgan maydonlarda kelgusida amalga oshiriladigan ishlarning rejalari;
5) istiqbolli rejani bajarish uchun rejalashtirilgan geologik –izlanish, geofizik va boshqa ishlarning hajmi hamda kelajakda bajariladigan ishlar miqyosi.
Geologik ishlarni rejalashtirishda geologik izlanish, geokimyoviy, gidrogeologik, geofizik (shu jumladan, radioaktiv) va boshqa tadqiqotlarni takomillashtirish va oqilona tashkil etish bo’yicha tadbirlarni loyihalashtirish rejaning muhim qismi hisoblanadi.
Istiqbolli rejalar odatda besh yilga va uzoq muddatga (bir necha besh yillikka) mo’ljallangan bo’ladi. Besh yillik rejaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari mukammalroq asoslanganligi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli rejalashtirishda sohaning ilmiy-texnik taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari va u bilan bog’liq kapital mablag’ hajmlari belgilanadi.
Yuksaltirishning istiqbolli rejasini tuzishda va neft qazib oluvchi sanoatni joylashtirishda xalq xo’jaligining neft va neft mahsulotlariga rejadagi ehtiyojini asoslash boshlang’ich tadbir sanaladi.
Zaxiralarning bashorat qilingan o’sishiga bog’liq holda neft qazib olishning rayonlar bo’yicha darajasini aniqlash rejalashtirishning muhim masalasidir. Buning zarurligi neft sanoati o’sishining ulkan miqyosi va sur’ati bilan bog’liq.
Bu masalani xal etish uchun zaxiralarning o’sishi neft uchun izlov-razvedka burg’ilashlarining umumiy hajmiga bog’liqligini diqqat bilan tahlil qilish kerak. S1 toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsientining 10-12 yil davomida sobiq Ittifoqda 2000 ta ishga tushirilgan uyumlar ishini tahlili natijasida, aniqlangan qiymati 0,7 ga teng bo’lgan. Yangi maydonlardagi va ochilgan konlardagi C2 toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsienti qiymati mos holda 0,4 va 0,5 ga teng.
Dostları ilə paylaş: |