ko’pincha protolitik, ba’zi hollarda oksidlanish – qaytarilish
reaksiyalaridan
foydalaniladi.
Boshlang’ich
eritmaning
elektr
o’tkazuvchanligi
reagent
yoki
reaksiya
mahsulotining
elektr
o’tkazuvchanligidan sezilarli darajada farq qilishi zarur. Konduktometrik
titrlashda yacheykaning konstantasini
bilish shart emas, chunki
solishtirma elektr o’tkazuvchanlikning mutlaq qiymatini emas, balki
uning titrlash jarayonidagi o’zgarishi aniqlanadi.
Asosiysi, titrlash
jarayonida yacheykaning konstantasi doimiy qolishi lozim.
Misol sifatida
2.5-rasmda
HCl eritmasini NaOH eritmasi bilan
titrlashning egri chiziqi keltirilgan.
2.5-rasm. HCl eritmasini NaOH eritmasi bilan alohida ionlarning
(eritmaning suyulishini hisobga olmasdan) hissasini ko’rsatish bilan
titrlash egrisi.
Oldin eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanlik qiymati H
3
O
+
ioni
kam harakatchan Na
+
bilan almashingani uchun kamayadi.
Ekvivalent nuqtasidan keyin eritmada ortiqcha OH
-
harakatchan ionlar
paydo bo’ladi va yana elektr o’tkazuvchanlikning sezilarli darajada
ortishiga sabab bo’ladi. Titrlashning oxirgi
nuqtasi titrlash egrisining
kamayishi va ortishiga mos nuqtalarning kesishish nuqtasiga mos keladi.
Konduktometrik titrlashdan titrlashning oxirgi nuqtasini visual
kuzatish qiyin bo’lgan loyqa va rangli eritmalarning analizida foydalanish
qulay. Ayniqsa, kuchli suyultirilgan kislota va asoslarni, kuchli va kuchsiz
asoslar aralashmalarini analiz qilishda kislota – asosli konduktometrik
titrlsh eng samarali usul hisoblanadi.
2.6 – rasmda
kuchli
va kuchsiz
kislotalar aralashmasini titrlash egrisi namoyish qilingan.
Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini titrlashda titrlashning
ikkita oxirgi nuqtasi hosil bo’ladi. Oldindan kuchli kislota titrlanadi.
Bunda eritmaning elektr o’tkazuvchanligi kamayadi. Tarkibida kuchli
kisota va kuchsiz kislotaning tuzi bo’lgan eritma minimal elektr
o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Keyin kuchsiz kislota titrlanadi. Ikkinchi
titrlashning oxirgi nuqtasidan so’ng elektr o’tkazuvchanlik keskin ortadi.
Konduktometrik titrlash fenollar, organik kislotalar (salitsil, shavel,
vino, midol va h.z.o. lar) alkaloidlarni aniqlash uchun ham foydalaniladi.
Strixnin, kokain, morfin, atrofinlarni
konduktometrik titrlashda
titrant sifatida pikrolon kislotasini qo’llash qulay.
Cho’ktirish reaksiyalaridan foydalanib konduktometrik titrlash
kamdan – kam o’tkaziladi, chunki aniqlash natijalari titrant va
cho’ktiriladigan ionlarning harakatchanligiga, eruvchanlikka va cho’kma
tarkibining doimiyligiga bog’liq bo’ladi.
Kuchsiz ishqoriy muhitda etanol ishtirokida ftorid -,
xlorid - va
yodid – ionlarining aralashmasini konduktometrik analizi o’tkaziladi.
Ftorid – inlarini titrlash kalsiy atsetat bilan o’tkaziladi, xlorid – va yodid
– ionlarini esa simob (I) nitrat eritmasi bilan diffirensiallab titrlanadi.
k
T.O.N
1
T.O.N
2
2.6 – rasm. Kislotalar aralashmasini titrlash egrisi
Kompleks hosil bo’lishi reaksiyasiga asoslangan konduktometrik
titrlashda titrant sifatida ko’pincha EDTA qo’llaniladi. Titrlash davomida
vadorod ionlarining konsentratsiyasi ortadi, bu esa ekvivalent
nuqtasigacha eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini
ortishiga olib
keladi. So’ngra elektr o’tkazuvchanlik ajralib chiqqan vodorod
ionlarining EDTA anionlari bilan o’zaro ta’siri natijasida kamayadi.
Konduktometrik
titrlash
natijalarini
hisoblashda
eritmani
suyultirishga tuzatma kiritish zarur, chunki eritmaning elektr
o’tkazuvchanligi suyultirish darajasiga to’g’ri chiziqli bog’liqlikka ega.
Agar titrant konsentratsiyasi titrlanadigan modda konsentratsiyasini 10 va
undan ko’p marta oshirsa konduktometrik titrlash atoligi sezilarli darajada
kamayadi.
Konduktometriyaning asosiy va barqarir qilib bo’lmaydigan
kamchiliklariga elektr o’tkazuvchanlikning selektiv tavsifga ega emasligi
va eritmadagi barcha ionlarga bog’liqligi kabilar kiradi.
Shuning uchun
ushbu usulning ahamiyati kam.
Dostları ilə paylaş: