Konduktometriya Nazariy asoslari va tasnifi



Yüklə 446,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix30.08.2023
ölçüsü446,67 Kb.
#141081
  1   2   3   4   5   6
12-mavzu



Konduktometriya 
Nazariy asoslari va tasnifi 
Konduktometriya – elektrolit eritmalarining solishtirma elektr 
o’tkazuvchanligini 
(yoki 
qaytarligini) 
o’lchashga 
asoslangan 
elektrokimyoviy analiz usullarining majmuidir. 
Konduktometriya analiz usuli sifatida 1903 yilda nemis olimlari 
Fridrix Kyuster (Kuster) va M. Gryuters (Gruters) lar tomonidan taklif 
etilgan. 1923 – yilda I.M. Koltgof ushbu analiz usuliga bag’ishlangan 
birinchi monografiyani yozgan. 1946 yilda bir – biriga bog’liq bo’lmagan 
holda J. Forman (Foreman) va D. Krisi (Krisp), hamda F. Yensen (Jensen) 
va A. Parrak (Parrak) lar yuqori chastotali konduktometrik titrlash usulini 
taklif etdilar. 
Eritmaning elektr o’tkazuvchanligi K (kappa) – uning qarshiligiga 
(R) teskari proporsional bo’lgan qiymatdir. 
Elektrodlar orasidagi masofa L ga, ularning yuzlari S gat eng 
bo’lgan ikki elektrod orasida mavjud bo’lgan elektrolit eritmasining elektr 
qarshiligi va elektr o’tkazuvchanligi quyidagi formulalar asosida 
hisoblanadi: 
R = 
(1)
K = 
∙ =
(2)
bunda k – eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi; ρ – 
eritmaning solishtirma qarshiligi. 
Analitik maqsadlarda elektr o’tkazuvchanlikdan foydalanilmaydi
chunki u o’tkazuvchining formasi va o’lchamiga bog’liqdir. Tok 
o’tkazuvchi 
muhit 
sifatida 
tavsiflanadigan 
solishtirma 
elektr 
o’tkzuvchanlik esa bunday kattaliklarga bog’liq emas. 
Elektr qarshiligining birligi – Om, elektr o’tkazuvchanlikniki esa – 
Cu (simens) = Om
-1
; K - Om∙cm (cu birliklar tizimida esa Om∙m); K - 
cm∙cm
-1
(Cu da cm∙m
-1
). Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik (cm∙cm
-1
) – 
oralarida masofa 1sm va elekrodlarning yuzlari 1sm
3
bo’lgan elektrodlar 
orasidagi elektr o’tkazuvchanlikdir. 
Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik modda ekvivalentining molyar 
konsentratsiyasi (mol/l) bilan quyidagi formula orqali bog’langan: 
k = λ∙C
ekv
∙10
-3
(3) 
bunda λ – ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik (cm∙cm
2
∙mol
-1
). 


Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik (λ) elektrodlar orasidagi masofa 
1 sm bo’lgan sharoitdagi 1 mol ekvivalent moddaning (ekvivalentlik 
omili 1/Z gat eng, bunda Z – ionning zaryadi). Moddaning ekvivalentiga 
emas, formula birliklariga tegishli bo’lgan shunga o’xshash qiymat 
molyar elektr o’tkazuvchanlik (˄) deyiladi. 
Kichik va o’rta konsentratsiyalarda (2 – 4 mol/l gacha) eritmaning 
solishtirma 
elektr 
o’tkazuvchanligi 
elektrolitning 
eritmadagi 
konsentratsiyasiga, ya’ni eritmadagi ionlar soniga to’g’ri proporsionaldir 
(x – rasm).
2.1 rasm. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlikning (25°C) eritmadagi 
moddaning molyar konsentratsiyasiga bog’liqligi:1 – H
2
SO
4
; 2- HCl; 3- 
NaOH; 4- NaCl; 5- Ch
3
COOH; 6- NH
3
Yuqori konsentratsiyalarda solishtirma elektr o’tkazuvchanlikning 
konsentratsiyaga bog’liqligi to’g’ri chiziqli bog’lanishdan chetlanadi, 8-
10 mol/l dan katta konsentratsiyalarda esa eritmaning solishtirma elektr 
o’tkazuvchanligi kamayib boshlaydi. Buni eritmada ionlarning ancha 
ko’pligi, ionlararo o’zaro ta’sir ortishi, ionlar orasidagi masofalarning 
kamayishi natijasida ionlar harakati tezligining kamayishiga olib kelishi 


bilan tushuntiriladi. Kuchsiz elektrolitlar uchun solishtirma elektr 
o’tkazuvchanlik bilan konsentratsia orasidagi o’zaro bog’liqlik 
grafigidagi maksimumlarning mavjudligi shunday bog’lanadiki, bunda 
konsentratsiya ortishi bilan dissotsilanish darajasi kamayadi va 
eritmadagi 
ionlar 
soni 
ma’lum 
konsentratsiyaga 
erishgach 
konsentratsiyaga nisbatan sekin ortadi. Eritma cheksiz suyultirilganda 
solishtirma eletkr o’tkazuvchanlik qiymati nolga intiladi. 
Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik ionlar harakati mutlaq tezligining 
(I) Faradey doimiysiga ko’paytmasiga teng: 
λ
i
= μ
i
∙F 
(4) 
Ideal 
eritmalarda 
ekvivalent 
elektr 
o’tkazuvchanlik 
konsentratsiyaga bog’liq emas. Real eritmalarda elektrolitning turli 
konsentratsiyalarida ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik qiymati farq qilishi 
mumkin. Konsentratsiya va ion kuchining kamayishi ionlar harakatining 
tezligi ortadi, shuning uchun ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik qiymati 
farq qilishi mumkin. Konsentratsiya va ion kuchining kamayishi ionlar 
harakatining 
tezligi 
ortadi, 
shuning 
uchun 
ekvivalent 
elektr 
o’tkazuvchanlik ortadi (y – rasm). 
y – rasm. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikning (18°C) ekvivalentning 
molyar konsentratsiyasiga bog’liqligi. 
1- HCl; 2- H
2
SO
4
; 3- NaOH; 4- NaCl; 5- CH
3
COOH; 6- NH
3


Cheksiz suyultirilgan eritmalarda molyar elektr o’tkazuvchanlik λ° 
deb ataladigan birmuncha to’yingan (nol bo’lmagan) qiymatga erishadi. 
Kolraush 
qonuniga 
asosan 
elektrolitning 
ekvivalent 
elektr 
o’tkazuvchanligi dissotsiatsiya natijasida hosil bo’ladigan ionlarning 
to’yingan ekvivalent elektr o’tkazuvchanliklarining yig’indisiga teng: 
λ° = λ
+
+ λ
-
Kuchli 
elektrolitlar 
suyultirilgan 
eritmalarining 
elektr 
o’tkazuvchanligini konsentratsiya bilan bog’liqligi L.Anzager tenglamasi 
bilan ifodalanadi:
λ
c
= λ
0
– (a λ
0
+b)

(5) 
bunda a- elektroforetik samarani tavsiflovchi koeffitsiyent; b- 
relaksatsion samarani ifodalovchi koeffitsiyent. 
Kolraush (Konerausch) Fridrix Vilgelm Georg (1840–1910) nemis 
fizigi va fizik kimyogari. Fizikaviy kimyodagi asosiy ishlari elektrolit 
eritmalarini o’rganishga bag’ishlangan. U 1879 yilda cheksiz 
suyultirilgan elektrolitlar elektr o’tkazuvchanligining additivlik (ionlar 
harakatining mustaqilligi) qonunini yaratdi: 
λ

= λ
∞+
+ λ
∞-
(6) 
Unga ko’ra λ
∞+ 
ning qiymati λ
∞- 
ning qiymatiga bog’liq emas va 
demak, kationning kimyoviy tabiati anionning qiymatiga ta’sir etmaydi. 
Quyidagi a – jadvalda ba’zi ionlar uchun ekvivalent elektr 
o’tkazuvchanlik qiymatlari keltirilgan. 

Yüklə 446,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin