Kationlar orasida eng yuqori molyar elektr o’tkazuvchanlikni
gidroksoniy kationi, anionlar orasida esa
gidroksid ionlari namoyon
qiladi. Bu ularning o’z zaryadlarini erituvchining molekulalar orqali
alohida “estafetali” mexanizmi bo’yicha uzatish qobiliyati bilan bog’liq
va bunga elektrodga bevosita elektrodga ko’chishiga
nisbatan sezilarli
kam vaqt sarflanadi.
Solishtirma va molecular elektr o’tkazuvchanlikka erituvchining
tabiati ta’sir qiladi. Bu ta’sir erituvchining
qovushqoqligi va ularning
dielektrik o’tkazuvchanligi bilan bog’liq. Dielektrik o’tkazuvchanlik
qancha kichik bo’lsa, elektr o’tkazuvchanl;ik ham shuncha kichik bo’lsa,
elektr o’tkazuvchanlik ham shuncha kichik bo’lishi aniqlangan. Past
dielektrik o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan erituvchilarda elektrolitlarning
dissotiatsiya
konstantasi
kamayib
boradi.
Mutlaq
dielektrik
o’tkazuvchanlik – dielektrikning xossasini tavsiflaydigan kattalik bo’lib,
E
m
harfi bilan belgilanadi va u Faradeyning metrga nisbati bilan
o’lchanadi:
E
m = F/m
Dielkometriya yuqori chastotali kuchlanish
yordamida dielektrik
o’tkazuvchanlikni bevosita o’lchashga asoslangan. O’lchash uchun
yuqori chastotali usulda ishlatiladigan yacheyka qulay.
Dielektrik
o’tkazuvchanlikni o’lchash uchun elektrolitsiz tizimlar (R→∞) yoki katta
chastotali tok talab qilinadi. Buning uchun o’lchash tebranish zanjirida
yoki ko’prikli sig’im qurilmasida o’tkaziladi. Bunday o’lchangan nisbiy
dielektrik o’tkazuvchanlik (E = C/C
0
) standart eritmalarni darajalab yoki
aniq konsentratorlar yordamida hisoblanadi. Dielektrik o’tkazuvchanlik
qiymatlari asosida moddalarning tozaligini tekshirish va sinash mumkin.
Eritmaning elektr o’tkazuvchanligi temperaturaga bog’liq bo’lib,
temperatura oshirilganda u 1,5 – 2,0 % ortadi. Temperatura oshirilganda
eritmaning qovushqoqligi va ionlarning
solvatlanishi kamayadi, hamda
mos ravishda ionlar harakatining tezligi bu jarayonlarga, albatta, bog’liq
bo’ladi. Shuning uchun ish paytida
doimiy saqlanishi maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: