Konflikt haqida umumiy tushuncha. Konfliktning mazmuni va mohiyat. Konfliktning turlari



Yüklə 49,76 Kb.
səhifə14/18
tarix02.06.2023
ölçüsü49,76 Kb.
#123808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Konflikt haqida umumiy tushuncha Konfliktning mazmuni va mohiya (1)

G’azab bizni “o’ldiradimi?”
G’azab, jahl, qahr kabi psixologik holatlar aynan konflikt vaziyatlarda ko’plab vujudga kelishi uchun imkon katta bo’ladi. Tomonlar to’qnashuvining psixologik-ruhiy natijasi, o’zga tomonga nisbatan qo’qqis shakllangan xis-tuyg’u, o’zini muhofaza qilish, yoki o’zga odamga bosim va taz’yiq o’tkazish usuli sifatida g’azab, jahl, qahr konflikt vaziyatlarning odatdagi hamrohi hisoblanadi.
Ayollarga nisbatan qo’llaniladigan oilaviy zo’ravonlik
Oilada ko’pincha ayollarga nisbatan zo’ravonlik qo’llaniladi. Ammo ayollar bunday zo’ravonlikni odatda sir tutishadi, chunki bunday zo’ravonlik uning eng yaqin kishisi, otasi, akasi, yoki eri tomonidan amalga oshiriladi. Bu holatlarda erkaklar o’z jismoniy baquvvatligidan foydalangan holda o’z agressiyalarini zo’ravonlik orqali ayollarga nisbatan qo’llaydilar. Aslida bu zo’ravonlikning ochiq namoyon bo’lishidir. Zo’ravonlik faqat jismoniy zo’ravonlikdan iborat emas. Uning bir necha turlari mavjud:
1. Jismoniy zo’ravonlik
Turtish, urish, itarib yuborish, tufurish, ushlab olish, qo’lidan tutish, turli narsalar, musht, yoki qo’llar bilan zarbalar berish, yiqitish, do’pposlash, majburiy ushlab turish, bo’g’ish, muntazam yuz va ko’zlarga zarbalar berish, oyoqlar bilan tepish, quroll bilan (pichoq, nayza, bolta) do’q qilish, kuydirish (masalan, yonib turgan sigaret bilan, qo’l barmoqlarini, yuzni), o’z zulmidagi odamning tibbiy yordam olishiga to’sqinlik qilish
2. Psixologik zo’ravonlik
So’zlar bilan haqorat qilish, shantaj, o’z xotinini to’liq nazorat qilish maqsadida bolalarga aziyat yetkazish yo’li bilan uni qo’rqitib olishga urinish, “o’zimni falon narsa qilib qo’yaman” deb zo’rlik va shantaj qilish, o’z maqsadiga yetishish uchun uy-ro’zg’or buyumlarini sindirish, o’ziga bo’ysungan odamning hatti-harakatlarini to’liq nazorat ostiga olishga erishish (masalan, uning qachon, qayerda bo’lishini nazorat qilish, barcha telefondagi gaplari bo’yicha ma’lumotlar talab qilish, kuniga necha marta telefonda gaplashishi mumkinligini o’zi xohlagan tartibda o’rnatish, boshqalar unga telefon qilishini ta’qiqlab qo’yish), jabrlanuvchining barcha tanishlari bilan muloqotini nazorat ostiga olishga harakat qilish, turli resurslarga bo’lgan jarblanuvchining ehtiyojlarini inkor etish (uning o’zi istagan tanishlari, qarindosh-urug’lari bilan uchrashishi, jabrlanuvchining tibbiy ehtiyojlari, ta’lim olishi, ishlashi, uydan beso’roq chiqib ketishi, uning qiziqishlari, uni tinchlantiradigan amallar bilan shug’ullanishi v.b.),

Yüklə 49,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin