Konflikt haqida umumiy tushuncha. Konfliktning mazmuni va mohiyat. Konfliktning turlari



Yüklə 49,76 Kb.
səhifə8/18
tarix02.06.2023
ölçüsü49,76 Kb.
#123808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Konflikt haqida umumiy tushuncha Konfliktning mazmuni va mohiya (1)

Tomonlar orasidagi tang holat
Konfliktning vujudga kelayotganligini ko’rsatuvchi yana bir signal. Tomonlar orasida kichkina nizoning kelib chiqishi ham, biz bilan emosional to’qnashgan odam haqidagi bizning fikrimizga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bizga qarshi bo’lgan odamning “yomon” ekanligiga darrov bir necha ko’rsatkichlar topila boshlaydi. Agar bir o’zimizni to’xtatmasak, bu “yomon”lar soat sayin ko’payib boradi. Uning barcha so’zlari, harakatlari va amallarini biz mikroskop ostida tahlil qila boshlaylaymiz, ko’p narsalarni “qora” bo’yoqda ko’rishga urinamiz. Ko’proq asl holatni emas, balki mana shu ongimizda vujudga kelgan hamda o’zimiz qurishga sayi-harakat qilgan odamni tahlil qilishga o’tamiz. Shu bois, bu odamga nisbatan bizning muomalamiz salbiy tomonga o’zgaradi. Orada emosional tanglik vujudga keladi. Biz o’z emosiyalarimiz va xulosalarimizga ishonib boraveramiz, ularning “sun’iy” o’zimiz tomonidan yaratilganligi va yasalganligini tan olgimiz kelmaydi. Tomonlar orasidagi tanglik biror sabab kuta boshlaydi.
Insidentlar
Insidentlar, hayotda uchrab turadigan turli nizo va ziddiyatga bog’liq bo’lgan voqyealar bo’lib, osuda va tinchlik vaqtida siz ularga e’tiborsiz bo’lasiz, ularni tezda hayoldan chiqarib tashlaysiz. Ammo ular ba’zan sizni ham konflikt tarkibiga tortib ketadi. Masalan, har kuni ertalab er qovurilgan tuxum iste’mol qilishga odatlangan. Xotini ham shunga o’rgangan, har kuni erining talabiga ko’ra qovurilgan tuxum ertalab stolning ustida erini kutib turadi. Ammo kunlardan bir kun eri, “Shu tuxumga ozgina ko’k piyoz qo’shib, aralashtirib, qovurganingda, boshqacharoq bo’lar edi”, deydi. Xotin avvaliga bu so’zlarga e’tiborsiz bo’ladi.


7-mavzu: Konfliktlarni boshqarish
REJA
1. Konfliktlarni boshqarish tartiblari
2. Konfliktlarni boshqarish usullari

Odatda bizning oldimizda biror narsadan jahli chiqqan, diqqati oshgan, “g’azablangan” va “jilovini qo’ldan bergan” odam bo’lsa, biz unga nisbatan o’zimizni turlicha tutamiz. Biz jahli chiqqan odamdan o’zimizni olib qochishimiz mumkin, nima bo’lganligini so’rab, uni tinchlantirishga harakat qilib ko’rishimiz, yoki unga “aql” o’rgatishimiz mumkin, o’zimiz ham uning jahlidan ta’sirlanib, jizzakilik va jahl ishlatishimiz mumkin, konfliktni keltirib chiqargan tomonga “do’q” va “po’pisaga” o’tishimiz mumkin, ularning “adabini” berib qo’yish bizning bosh maqsadimizga aylanishi ham mumkin.


Ammo bu yo’llarning barchasi aqli raso, bosiq, hayot tajribasi bor odam usullari emasligi ayon. Bu usullarning qo’llanilishi konfliktni chuqurlashtiradi, tomonlar orasidagi tang ahvolni yanada qiyinlashtiradi, konflikt yechimidan hammani boshqa, ya’ni ziddiyatni chuqurlashtirishga yo’naltirilgan tomonga olib ketadi.
Shu bois, konflikt bilan ilk to’qnash kelgan vaqtda kuyidagi qadamlardan foydalanish darkor:
Birinchi qadam: Konflikt vaziyatni u qanday bo’lsa o’shanday, o’z emosiyalaringizdan holi bo’lgan tarzda qabul qiling. Konflikt vaziyat sizga yoqmasligi, sizga qarshi holatni vujudga keltirishi, umuman rejalashtirilmagan holda kelib chiqqan ham bo’lishi mumkin. Ammo aynan siz uning “nima” ekanligi, ya’ni konflikt haqiqatini to’la va aniq anglagan paytingizdan boshlabgina, siz uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lasiz. Konflikt bilan ilk to’qnashgan paytda konflikt bir taraf, siz esa bir taraf bo’lasiz. Konfliktni anglashning eng birinchi qadami unga obyektiv, xolis, emosiyalarsiz baho berishdir. Konfliktga nisbatan o’z emosiyalari va fikrlaridagi neytralitetni saqlab qolish, konfliktni anglashga qaratilgan yo’lning boshi hisoblanadi. Mana shunday neytral sharoit esa sizga konflikt ishtirokchisi sifatida aniq, faktlarga asoslangan, oydin va mustaqil mushohada qilish uchun imkon yaratib bera oladi.

Yüklə 49,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin