Rahbarlar tomonidan jamoa etikasining buzilishi Mehnat jamoasida hodimlar o’zaro bir-birlarini hurmat qilish va bir-birlariga zarar yetkazmaslikka harakat qilib ishlaydilar. Ammo shunga qaramasdan ba’zan ular o’rtasida, ko’proq jamoa rahbarining o’z qo’lidagi hodimlarga nisbatan jamoa etikasining buzilish hollari uchrab turadi. Ular kuyidagilardan iboratdir:
rahbarning o’z qo’lida ishlayotganlarga nisbatan dimog’dorligi, o’zini katta tutishi, ularni behurmat qilishi;
bergan va’dalar ustida turmaslik;
o’z fikrlaridan o’zgacha bo’lgan qarashlarni yoqtirmaslik, ularni inkor etish, ularni bildirgan kishilarni ta’qib ostiga olish;
tanqid va o’z-o’zini tanqidni bo’g’ib qo’yish;
o’z qo’lidagi hodimlar huquqlarini cheklash;
hodimlarga ular mas’uliyatidan tashqari shaxsiy majburiyatlarni yuklash va ularning bajarilishini talab etish;
barcha uchun muhim bo’lgan ba’zi ma’lumotlarni yashirib, ulardan jamoani bexabar qoldirish (masalan, shatatlar qisqarishi, yoki chet elga ketish uchun kelgan komandirovka);
inson nafsoniyatini pastga uradigan tanqid bilan shug’ullanish;
hodimlar orasiga ataylab g’alva va nifoq solib qo’yish;
hodimlarni guruh guruh qilib, ular o’rtasidagi nizolarni keltirib chiqarish;
hodimning vaqtini tejamaslik (masalan, hodim agar rahbar bilan muhim masala yuzasidan maslahatlashmoqchi bo’lsa, o’zini bir necha kun “tutish”ga yoki uzoq vaqt kutishga majburlash);
xonasiga kirgan odam bilan o’z qog’ozlaridan ko’z uzmay suhbatlashish;
kirib kelgan odamga “o’tirishni” taklif etmaslik v.b.
13-mavzu: Oilaviy konfliktlar va ularning vujudga kelish motivlari.
Reja: Oilaviy konfliktlarning vujudga kelish sabablari Oilaviy konfliktlarning oldini olish usullari