Konstitutsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar poydevori



Yüklə 47,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü47,95 Kb.
#189529
1   2   3   4   5   6
35 Maqsudova Gulbahor 214-218 Jph5OHJ

“Uchinchi renessans: ilm-fan va 
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
 
 
ISSN 2181-1784 
216 
w
www.oriens.uz
2021
 December
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida 
qonun, Sh.Mirziyoev asarlari hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani 
yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik 
tamoyillari qo’llanildi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Konstitutsiyaning ikkinchi bobi xalq hokimiyatchiligiga doir munosabatlrni 
tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Binobarin, 7-modada “Xalq davlat 
hokimiyatining birdan –bir manbaidir”, deyiladi. Ya’ni, davlat hokimiyatining 
chinakam egasi–O‘zbekiston xalqi. O‘zbekistonda davlat hokimiyati xalq manfaatini 
ko‘zlab va Konstitutsiyamiz hamda qonunlarimiz vakolat bergan idoralar 
tomonidangina amalga oshiriladi. O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy 
Majlis va Prezidenti ish olib borishi mumkin. 
Konstitutsiyaning 32-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok 
etish huquqiga ega ekanliklari qonuniy ravishda belgilab qo‘yildi. Ushbu normaga 
ko‘ra fuqarolar o‘z siyosiy faolliklarini saylovlar va referendumlarda ovoz berib, 
shuningdek davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va 
takomillashtirish yo‘li bilan davlat hokimiyati ishlarini boshqarishda bevosita hamda 
o‘z vakillari orqali ishtirok etadilar. 
Fuqarolarimizning Konstitutsiyaning 35-moddasida belgilab qo‘yilgan
vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va 
shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlash maqsadida murojaatlarni 
ommaviy uchrashuvlar orqali qabul qilish jarayoni keng miqyosda amalga 
oshirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarimiz mansabdorlar oldiga emas, balki 
mansabdor shaxslarning o‘zlari xalqimiz oldiga borib, mahallalarda, ular istiqomat 
qilayotgan hududlarda vujudga kelgan muammolarni еchimini topib, ularni ijobiy hal 
qilib berishmoqda. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat 
qilishi kerak” degan prinsip barcha bo‘g‘indagi rahbarlar faoliyatida asosiy shiorga 
aylanmoqda.
Asosiy Qonunimizning 36 moddasidagi “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga 
haqli” yoki 53-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan “ Xususiy mulk boshqa mulk 
shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir” degan normalari hayotga tadbiq etilib, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti o‘z faoliyatini amalga 
oshirilmoqda. 



Yüklə 47,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin