Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
qonunloyihasi

 
53
1
-modda. Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum 
etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa 
shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning 
o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin. 
 
54-modda. Mulkdor mol-mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan 
foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar 
yetkazmasligi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. 
 
55-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik 
va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat mulkida bo‘ladi. Yer qonunda nazarda 
tutilgan 
shartlar 
asosida 
va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli 
bo‘lib, tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi. 
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi»; 


29) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«56-modda. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan mahallalar, siyosiy 
partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoat 
fondlari va shaxslarning boshqa jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining asosini 
tashkil etadi, uning mazmunini belgilaydi. Ular fuqarolarning huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga, ijtimoiy hamda 
madaniy maqsadlarga erishish uchun ko‘maklashishga, jamiyatning maʼnaviy va 
boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgandir»; 
30) 61-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan 
to‘ldirilsin: 
«O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda faoliyat 
ko‘rsatayotgan barcha diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligi kafolatlanadi. 
Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi»; 
31) 63 va 64-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«63-modda. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini, aholini saqlab qolish 
hamda ko‘paytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida 
bo‘ladi. 
Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. 
Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va 
iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi. 
Davlat 
ko‘p 
bolali 
oilalarga 
qonunga 
muvofiq 
imtiyozlar 
va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi. 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin