Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
qonunloyihasi

1
-modda bilan to‘ldirilsin: 
«40
1
-modda. Har kim sog‘lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi 
haqqoniy 
axborotga 
ega 
bo‘lish 
hamda 
o‘z 
sog‘lig‘iga 
yoki 
mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi 
huquqiga ega»; 
19) 41-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 


«41-modda. Har kim taʼlim olish huquqiga ega. 
Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashadi. 
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlariga o‘qishga kirishi 
uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi. 
Bepul umumiy o‘rta taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Umumiy 
o‘rta taʼlim majburiydir. 
Maktab ishlari, maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat nazoratida bo‘ladi. 
Taʼlim bo‘yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega 
bo‘lgan 
bolalar 
uchun 
taʼlim 
tashkilotlarida 
inklyuziv 
taʼlim 
va tarbiya tashkil etiladi. 
Davlat isteʼdodli yoshlarning moddiy ahvolidan qatʼi nazar, taʼlimni davom 
ettirishini kafolatlaydi. 
Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi taʼlim muassasalari hamda 
tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi. 
Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash jamiyat va 
davlatning maqsadi hamda masʼuliyatli vazifasidir. 
Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning 
xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi»; 
20) quyidagi mazmundagi 41
1
-modda bilan to‘ldirilsin: 
«41
1
-modda. Har kim davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy 
maʼlumot olishga haqli. 
Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o‘zini 
o‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish 
erkinligi huquqiga ega. 
Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy 
aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi»; 
21) 42-moddaning birinchi qismidagi «ilmiy va texnikaviy» degan so‘zlar 
«ilmiy, texnikaviy va badiiy» degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 
22) IX bob quyidagi mazmundagi 42

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin