Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
qonunloyihasi

 
100-modda. Xalq 
deputatlari 
Kengashlarining 
vakolatlari 
jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman, 
shaharning bosh rejasini va uni qurish qoidalarini hokimning taqdimiga binoan 
tasdiqlash; 
tegishli mahalliy byudjetlarni hokimlarning taqdimiga binoan ko‘rib chiqish 
va qabul qilish, ushbu byudjetlarning ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni 
tasdiqlash; 
mahalliy soliqlar stavkalarini va boshqa majburiy to‘lovlarni qonunchilikda 
belgilangan miqdorlar doirasida belgilash; 
byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish; 
hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, ularning faoliyati 
to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish; 
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining 
vakolatlarini tan olish hamda muddatidan oldin tugatish, ularni javobgarlikka tortish 
uchun rozilik berish; 
qonunda nazarda tutilgan hollarda hokimning qarorlarini tasdiqlash; 
tegishli prokurorlarning, ichki ishlar organlari rahbarlarining, adliya organlarining 
va davlat boshqaruvi organlari boshqa bo‘linmalarining hisobotlarini eshitish; 
hokimning va quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashining O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lmagan qarorlarini bekor qilish; 
qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
 
101-modda. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
qonunlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining 
farmonlarini, qarorlarini va farmoyishlarini, yuqori turuvchi organlarning hamda 
tegishli xalq deputatlari Kengashining qarorlarini bajarish; 
sog‘liqni saqlash, taʼlim, jamoat transporti tizimlarining samarali faoliyat 
ko‘rsatishini taʼminlash; 
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirishni 
taʼminlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish; 


fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlarini 
himoya 
qilishga, 
ularning 
xavfsizligini 
va jamoat tartibini taʼminlashga doir choralarni amalga oshirish; 
munitsipal mulkni va mahalliy kommunal xo‘jalikni boshqarish; 
atrof-muhitning muhofaza qilinishini taʼminlash; 
fuqarolarning bo‘sh vaqtini tashkil etish va madaniyat sohasidagi 
xizmatlardan foydalanishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish; 
mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish; 
xalq deputatlari Kengashlariga viloyatni, tumanni, shaharni iqtisodiy va 
ijtimoiy jihatdan rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetining, tuman va shahar byudjetining tegishli loyihalarini, 
shuningdek ularning ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish; 
qonunda belgilangan hollarda, quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini bekor 
qilish va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining 
hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish; 
respublikada va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili 
sifatida ish yuritish; 
qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish»; 
42) 102-moddaning

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin