29
3) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining
shartnoma
va
bitimlarini
imzolaydi,
respublika
tomonidan
tuzilgan
shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya
etilishini taʼminlaydi;
4) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar
huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash
uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim
etadi;
6) Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda
Oliy Majlisiga mamlakat
ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan
murojaat qilish huquqiga ega;
7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini
tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni
lavozimidan ozod etadi;
10) qoʻmitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari
rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod
etadi;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, Oʻzbekiston Respublikasi
Hisob palatasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
12) Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Senati
bilan
maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi,
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki boshqaruvining raisi,
respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika
monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim
etadi;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga
binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais oʻrinbosarlarini,
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod
etadi;
15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim shaʼni
va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar
hokimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz qarori bilan lavozimidan
ozod etishga haqli;
30
16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning
hujjatlarini toʻxtatadi,
bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi;
qonunni oʻz eʼtirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan
bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish
zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi
va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining tasdigʻiga kiritadi;
19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar,
yirik
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni
koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim
joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi.
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) Oʻzbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh
qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi
va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) Oʻzbekiston
Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan
mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini
beradi;
22) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana
berishga oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Oʻzbekiston
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini
tuzadi va unga boshchilik qiladi, oʻz vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, shuningdek
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va
boshqa organlarni shakllantiradi;
25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini bajarishni davlat
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Dostları ilə paylaş: