101-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻz tarkibidan Senat
Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi oʻrinbosarlaridan
biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning
oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining koʻpchilik
ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning
oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan
ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan
muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3) Senat qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib
boradi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi
ustidan nazoratni tashkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Senat guruhlarining faoliyatiga
rahbarlik qiladi;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi,
boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan
oʻzaro munosabatlarda Senat nomidan ish koʻradi;
27
7) Senat qarorlarini imzolaydi;
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar
chiqaradi.