Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
konstitutsiya uz

125-modda. 
Viloyat, tuman va shahar hokimi oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik 
asosida amalga oshiradi hamda oʻzi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari
va harakatlari uchun shaxsan javobgar boʻladi. 
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga 
viloyatni, tumanni, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim
va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ushbu hisobotlar 
boʻyicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi. 


36 
126-modda. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim oʻz vakolatlari doirasida tegishli 
hududdagi barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi. 
127-modda. 
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, 
qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi 
boshqarish organlari boʻlib, ular raisni saylaydi. 
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari 
tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning 
manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek 
milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, 
qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. 
Davlat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga 
oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan 
vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashadi. 
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning 
faoliyatini tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi. 
XXII bob. Saylov tizimi 
128-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik 
organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir 
ovozga ega. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irodasini bildirish tengligi va 
erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik 
organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati 
tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida 
oʻtkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari 
saylov oʻtkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston 
Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga ega. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
Senati 
aʼzolari 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar
va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli 
qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan soʻng bir oy ichida ular 
orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar. 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek 
sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar 
saylanishi mumkin emas. 


37 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek 
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra 
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok 
etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum 
etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini 
toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning oʻzida ikkidan ortiq davlat 
hokimiyati vakillik organining deputati boʻlishi mumkin emas. 
Saylov oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin