44
4-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun
kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi.
5-modda. Amaldagi chaqiriq Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan
paytdan eʼtiboran oʻz faoliyatini ushbu Konstitutsiyaviy
Qonun tahriridagi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vakolatlarga muvofiq
amalga oshiradi.
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 92-moddasi uchinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) aʼzolari
sonini
belgilovchi qoidalari 2024-yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi
boshlanganidan amalga kiritiladi.
6-modda. Tegishli normativ-huquqiy bazani tayyorlash, mahalliy vakillik
va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining
izchilligi hamda
uzluksizligini taʼminlash zarurligi munosabati bilan ushbu Konstitutsiyaviy
Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 120-moddasi
uchinchi
qismining viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan
shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashi
raisi lavozimini egallashi
mumkin emasligi haqidagi qoidalari:
viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat
hokimiyati organlariga nisbatan 2024-yilda
xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari
boʻyicha;
tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga
nisbatan esa 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: