XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik 152-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Respublikasining
davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti
va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan
belgilanadi.
153-modda. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli
darajada Qurolli Kuchlariga ega.
OLTINCHI BOʻLIM. KONSTITUTSIYANI OʻZGARTIRISH TARTIBI 154-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan
iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining
qoidalari qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
kiritish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek
Konstitutsiyaning normalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda
tutilishi mumkin.
155-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin
olti oy mobaynida Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
toʻgʻrisida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda
konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Konstitutsiyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni rad etsa, taklif bir
yil oʻtgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin”.
2-modda. Ushbu
Konstitutsiyaviy
Qonun
referendum
yakunlari
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon
qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.