Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
konstitutsiya uz

132-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi 
ishlarni koʻradi. 
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga 
binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq 
sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakilini 
qoʻshgan holda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik 
muddatga saylanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi oʻz tarkibidan 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning 
oʻrinbosarini besh yillik muddatga saylaydi.
133-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy
va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
muvofiqligini aniqlaydi; 
2) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga 
qadar – Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya 
qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston 
Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar – Oʻzbekiston 
Respublikasi 
xalqaro 
shartnomalarining 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi; 
4) Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, 
Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi 
qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida 
xulosa beradi; 
5) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga 
sharh beradi; 
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi 
lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan 
murojaatini koʻrib chiqadi; 
7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish 
natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga
va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi; 


39 
8) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan 
berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi. 
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa 
barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda koʻrib chiqilishi 
tugallangan muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan 
qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli. 
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 
kuchga kiradi. 
Konstitutsiyaviy sudning qarori qatʼiy va uning ustidan shikoyat qilinishi 
mumkin emas. 
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin