Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


-modda.  Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar  hokimi boshchilik qiladi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
konstitutsiya uz

121-modda. 
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar 
hokimi boshchilik qiladi. 
Hokimlarning vakolatlari muddati – besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga 
ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib tayinlanishi 
mumkin emas. 
Hokimlarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi. 


35 
122-modda. 
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat: 
1) tegishli mahalliy byudjetlarni koʻrib chiqish va qabul qilish, ularning 
ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya 
qilish dasturlarini tasdiqlash; 
3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni 
eshitish; 
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshirish. 
 
123-modda. 
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan 
iborat: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy 
Majlis palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori 
turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini 
bajarish; 
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan 
rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
3) mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish; 
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshirish. 
124-modda. 
Viloyat va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi 
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq 
deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Tumanga boʻysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi 
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari 
tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin