Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
konstitutsiya uz

96-modda. 
Vakolat muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi
va Senati ish boshlaguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 
birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki 
oydan kechiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari 
sessiyalar davrida oʻtkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi 
ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga 
qarab, lekin yiliga kamida uch marta oʻtkaziladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular 
ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining yarmidan koʻpi ishtirok 
etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. 
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
majlislarida, 
shuningdek 
ularning 
organlari 
majlislarida 
Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, 
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokuror, 
Markaziy bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari 
majlislarida Senat Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
alohida-alohida majlis oʻtkazadilar. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 
qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, 
ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, 
chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning 
kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham 
oʻtkazilishi mumkin. 


24 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin