Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


-modda.  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq  vakolatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
konstitutsiya uz

94-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq 
vakolatlari quyidagilardan iborat: 
1) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijro etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish; 
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash; 
4) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek 
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini 
eshitish; 
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish
va maʼqullash; 
6) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini 
eshitish; 
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini 
yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish; 
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning 
oʻrinbosarlarini saylash; 
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini 
daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish; 
10) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan 
bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar 
yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan 
qarorlar qabul qilish; 
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻzini 
oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin