Dolzarb masalalari



Yüklə 277,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix19.10.2023
ölçüsü277,31 Kb.
#156938
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Px8WHICiXGqL0MP2DYybOGbhMOyapFfCx3uFHfms



 
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
 
 
 
 
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING
DOLZARB MASALALARI”
moduli bo‘yicha 
 
 
KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN 
FOYDALANISH 
 
 
“KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN 
FOYDALANISH”
 
 
o‘quv kursining
“Kimyo fanidan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish 
metodikasi va baholash mezonlari” mavzusidan ma’ruza matni 
 
Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna 
Toshkent 2021 


3-Mavzu: Kimyo fanidan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish 
metodikasi va baholash mezonlari 
Reja: 
1. Baholash - ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida.
2. Xalqaro baholash tadqiqotlarining mazmun- mohiyati 
3. Tabiiy fanlar savodxonligiga ajratiladigan uchta yo‘nalish. 
4. Baholash turlari 
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib 
borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy 
g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro 
mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, Shu yo‘lda xalqaro 
tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli 
yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan 
yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro 
standartlar talablarining joriy etilishi ham juda muhim masalalardan biridir.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq 
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil 
etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni 
baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the 
Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik 
aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Qariyib 60 yildan 
ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish sohasida yetakchi 
tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va 
amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli 
tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko‘rib chiqib, 
ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-
yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab mavzular bo‘yicha 
o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar 
(TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va 
axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo‘nalishlarda 
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida 
erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda. IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan 
tadqiqotlarning aksariyati o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta 
fanlardan yoki fanlararo uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo 
bo‘yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil 
qilishga yordam beradi.


O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha o‘quvchilardan 
emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan 
obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, 
o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, 
maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, 
o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy sharoitida 
o‘quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo‘llab-quvvatlanayotganligiga doir 
qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar 
asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib 
chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham 
foydalaniladi. Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib 
borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi. Progress in International Reading and 
Literacy Study (PIRLS) – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va 
tushunish darajasini baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi 
haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va 
o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni 
taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Trends in International 
Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 ва 8- sinf o‘quvchilarining matematika 
va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun; The 
Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning 
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini 
baholash uchun; Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va 
maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy 
tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi 
ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana Shuni aytish mumkinki, ushbu 
dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini 
zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi.
Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘quvchilarga 
birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini 
aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet muhitida 
boshqariladigan PIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi o‘zgarishlar 
ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi 
«O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmonida 2030-yilga kelib 
PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari 
qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, 
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga 


yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari 
belgilangan. Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy 
fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining 
rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion 
iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim 
standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, 
TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Ushbu 
vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok etish 
o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Mazkur matnda TIMSS tadqiqoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-
sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. 
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan OECD hamda IEA 
tashkilotlari oʻrtasida imzolangan keliShuv hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Xalqaro 
oʻquvchilarni baholash PISA-2022 (avvalgi PISA-2021) hamda O‘quvchilarning 
matnni oʻqib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi PIRLS-2021 da ishtirok 
etishga kirishilgan. 
Endilikda, TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada 
IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 
tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning 
TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi 
huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish 
milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida Ta’lim sohasidagi 
yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga 
erishildi. 
IEA rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun 
ekanligini aytib, Oʻzbekistonning taʼlim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos 
kelishi haqida maslahatlar berdi. Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida 
Germaniyaning Gamburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot 
koordinatorlarining birinchi yigʻilishiga taklif qildi va Boston kolleji mutaxassislari 
bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, tadqiqotlar yoʻnalishlarining 
afzallik va kamchiliklari haqida muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat 
yaratib berilishi haqida maʼlum qildi. 
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf 
oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish 
darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi.
PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin. 
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika 
va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy 
taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda 


maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, 
oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, 
oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi. 
TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 
2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda 
tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi 
rejalashtirilgan. 
Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 
2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu 
koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 
2015 tadqiqot natijalariga koʻra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, 
Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng yuqori 
koʻrsatkichlarni egallagan. 
Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish 
global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish 
imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini 
takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim 
sifatini oshirishga xizmat qiladi. 
PISA tadqiqotlarida 15 yoshli o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini 
baholash uShun berilgan topshiriqlar 
PISA tadqiqotlarida tabiiy fanlar majmuidagi fizika (astronomiya elementlari 
bilan), biologiya, kimyo, geografiya fanlarini o‘rganishda tabiiy - ilmiy bilim va 
ko‘nikmalar baholanadi.
Tabiiy fanlar savodxonligiga ajratiladigan uchta yo‘nalish. 
Tabiiy savodxonlik tabiiy ilmiy fanlar doirasida shakllanadigan
komponentlar, "umumiy fanlar" bo‘yicha ko‘nikmalar, tabiiy ilmiy bilimlari 
qo‘llaniladigan tushunchalar va vaziyatlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy e'tibor 
ko‘nikma va tushunchalarni tekshirishga qaratilgan. 
Tekshiriladigan faoliyat turlari 
Baholash uchun quyidagi umumfanlardagi bilimlar kiritilgan: 
1 - ilmiy uslublar orqali izlanishi mumkin bo‘lgan savollar, g‘oyalar va 
muammolarni aniqlash (10-15%); 
2 - ilmiy izlanish o‘tkazishda zarur bo‘lgan dalillarni aniqlash yoki xulosalarni 
tasdiqlash uchun zarur ma’lumotni (ob'ektlar, faktlar, eksperimental ma’lumotlar va 
boshqalar) tanlash (15-20%); 
3 –taklif qilingan vaziyatni hisobga olgan holda xulosa chiqarish va baholash (15-
20%)
4 - kommunikativ ko‘nikmalarni namoyon qilish: xulosalar, dalillar va boshqalarni
shakllantirish (10-15%); 


5 – tabiiy -ilmiy tushunchalarini bilishini va tushunishini namoyish qilish (40-
50%). 
Tekshiriladigan kontent (asosiy tushunchalar) 
Tekshirish uchun kundalik hayotda zarur bo‘lgan va insonning hayotida, 
hattoki butun jamiyatning keyingi hayotida dolzarb bo‘lib qoladigan tushunchalar 
ajratib olingan. Quyidagi izlanishda qabul qilingan mavzular nomlari berilgan va 
ular asosida tekshiriladigan topshiriqlar tuziladi, qavs ichida Shu mavzularda 
tekshiriladigan tushunchalar namunasi beriladi: moddaning tuzilishi va xususiyatlari 
(issiqlik o‘tkazuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik); atmosferadagi o‘zgarishlar 
(nurlanish, bosim o‘tkazishi); kimyoviy va fizikaviy o‘zgarishlar (moddaning holati, 
reaksiya tezligi, parchalanish); energiyani o‘zgartirish (energiyani tejash, energiya 
tarqalishi, fotosintez); kuchlar va harakatlar (muvozanat/muvozanatsiz kuchlar, 
tezlik, tezlashtirish, inersiya); tuzilish va funksiya (hujayra, skelet, moslaShuv); 
inson biologiyasi (sog‘liqni saqlash, gigiena, ovqatlanish); fiziologik o‘zgarishlar 
(gormonlar, neyronlar); biologik xilma-xillik (turlar, genlar, evolyutsiya); genetik 
nazorat (dominantlik, irsiyat); ekosistemalar (oziq-ovqat zanjiri, barqarorlik); Yer 
va uning koinotdagi o‘rni (quyosh sistemasi, kunlik va mavsumiy o‘zgarishlar); 
geologik o‘zgarishlar (qit’a oqimlari, ifloslanish). Ba’zi mavzularga bizning 
maktabda turli tabiiy-ilmiy fanlar doirasida o‘rganiladigan material kiritilgani o‘ziga 
e’tiborni qaratadi. 
Vaziyatlar 
Taklif qilinayotgan tekshiruv topshiriqlarda, aniq vaziyatlarni tanlashda, 
bugungi va ertangi kunning "ilmiy savodxonlik" insonlar tushunadigan va hal 
qilishlari kerak bo‘lgan dolzarb muammolarni keltirib chiqaradigan, ilm-fan 
dasturlarini ishlatish nazarda tutilmoqda. Bu holatlar har bir insonning shaxsiy 
hayotida (masalan, ma’lum bir parhezni tutgan holda oziq ovqat mahsulotlaridan 
foydalanish), bir jamoa yoki jamiyat a’zosi bo‘lgan inson hayotida (masalan, shahar 
yaqinidagi elektr stantsiyasining joylaShuvi) yoki dunyo fuqarosi sifatida (masalan, 
global isish) vujudga keladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, maktabda o‘qitiladigan 
fanlarni o‘rganish doirasida hamda bu doiradan tashqarida bo‘lgan holatlar ham 
qo‘llaniladi. PISA topshiriqlar uchta qismga gruppalanadi: "TabiatShunoslik, hayot 
va sog‘liq" (30-40%), "TabiatShunoslik, Er va Koinot" (30-40%), va 
"TabiatShunoslik va texnologiya" (30-40% ). 
Tabiiy fanlar bo‘yicha topshiriqlar, yuqorida ko‘rsatilgandek, odatda tabiiy 
fan tarixi yoki kundalik hayotdagi muayyan vaziyatni tasvirlaydigan matn bilan 
bog‘liq savollar guruhini o‘z ichiga oladi. Har bir savol, odatda, muayyan bilim va 
ko‘nikmalarni tekshiradi. Topshiriqlarni tuzishdagi bunday yondashuv ishlab 
chiquvchilarning fikriga ko‘ra, haqiqiy dunyo murakkabligini aks etadi va ko‘rib 
chiqilayotgan muammoga o‘quvchilarni talab qilinadigan vaqtni qisqartirishga 


imkon beradi. Ba’zi topshiriqlarda 8 tagacha savollar mavjud, ularning har biri 
alohida baholanadi. 

Yüklə 277,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin