Dolzarb masalalari



Yüklə 277,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix19.10.2023
ölçüsü277,31 Kb.
#156938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Px8WHICiXGqL0MP2DYybOGbhMOyapFfCx3uFHfms

 
4 (ball) 
 
3. 
O‘quv dasturidagi mavzuga oid ma’lumotlarni og‘zaki va yozma to‘liq 
bayon qila olmay, xato qilsa
Topshiriqlarni o‘rganganlari asosida manbalardan foydalanishda qiynalsa, 
o‘z o‘quv faoliyatini qisman rejalashtira olsa; 
Jamoada ishlay olish, umuminsoniy, milliy qadriyatlarni anglash va 
madaniy qoidalarga rioya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lsa; 
O‘zlashtira olganlarini mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik 
faoliyatda qisman qo‘llay olsa va turli vaziyatlarda qaror qabul qila 
olishga qiynalsa.
 
3 (ball) 
 
4. 
O‘quv dasturidagi mavzuga oid ma’lumotlarni og‘zaki va yozma to‘liq 
bayon qila olmasa; 
Topshiriqlarni o‘rganganlari asosida manbalardan foydalana olmasa, 
O‘z o‘quv faoliyatini rejalashtirishda qiynalsa; 
2 (ball) 
 


Jamoada ishlay olish, umuminsoniy, milliy qadriyatlarni anglash va 
madaniy qoidalarga rioya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lsa; 
bilim, ko‘nikma va malakalari yetarli bo‘lmasa, kundalik faoliyatda 
qo‘llay olmasa va turli vaziyatlarda qaror qabul qila olmasa.
 
Izoh: O‘qituvchi baholash mezoniga o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka vakompetentsiyalarning shakllanganlik 
darajasi va ijtimoiy –psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib ijodiy yondashadi. 
O‘quvchilarni baholash turlari 
O‘quvchilarni baholashning hozirda keng tarqalgan test sinovlari, yozma 
ishlar, laboratoriya ishlari, amaliy ishlar va boshqa shakllari bilan birga quyidagi 
ayrim shakl, usullardan foydalanish aynan o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim 
jarayoni shakllariga mos keladi: 
Suhbat. O‘quvchi bilan suhbat dialog va hamkorlik tamoyillariga asoslangan 
bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va aniq 
vazifalari belgilanadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali 
kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib beriladi. O‘qituvchi suhbatni 
oldindan rejalashtiradi va o‘quvchi bilan suhbatni olib borganda, boshqa o‘quvchilar 
so‘zini bo‘lmasligi uchun oldindan kelishib olishi zarur. Har bir suhbat natijasini 
sinf rahbari jurnaliga yozib borish maqsadga muvofiqdir. Suhbat natijasida
o‘qituvchi va o‘quvchi bir necha muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilashlari lozim. 
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli, erishib bo‘ladigan maqsadlar kelishib
olinadi va bu maqsadlarga erishishda yordam berishi mumkin bo‘lgan mavjud
imkoniyatlarni muhokama qilib, belgilab olinadi. 
Sinfdoshlar bilan baholash

O‘quvchilarni sinfdoshlar tomonidan baholash 
ko‘nikmalariga sinfdosh o‘quvchilarni o‘rgatib borish lozim. Yaxshisi, baholashni 
kichik guruhlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi 
o‘quvchilarning ma’lum bir aniq bajargan ishini baholaydi. Sinfda oldindan qoidalar 
ishlab chiqilishi muhimdir. Ulardan asosiylari quyidagilar bo‘lishi kerak: barcha
ishtirokchilar bir-birlarini eshitishi kerak, do‘stlarining so‘zini bo‘lib bo‘lmaydi, 
sabr-toqatli bo‘lishlari, fikrni ochiq bildirish, ijobiy yutuqlardan boshlash lozim (ular 
3 tadan kam bo‘lmasliqi lozim), ishni yaxshilash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berish. 
Barcha ishtirokchilarni eshitib bo‘lgandan so‘ng, ishi muhokama qilingan o‘quvchi 
o‘z fikrini bildirishi mumkin. 
O‘quvchi kundaligi. Uni tutish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida to‘liq 
o‘zaro tushunish va ishonch bo‘lishi zarur. Kundalikda aks ettirilishi mumkin 
bo‘lgan shaxsiy yoki nozik mavzular bo‘yicha, o‘qituvchi qanday qilib ta’sir etishini 
oldindan belgilab olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchi kundalikdan bilgan narsalar 
bo‘yicha bezovtalansalar, boshqa o‘quvchilarga maslahat bilan murojaat qilish 
mumkinligini bilishlari kerak. 


O‘z-o‘zini baholash. O‘quvchilar qo‘yilgan maqsadga erisha olishlari uchun 
nimalar kerakligini aniqlay bilishlari kerak, buning uchun ularni o‘z-o‘zini 
baholashga o‘rgatish zarur. O‘z-o‘zini baholash o‘qituvchi bilan dialog olib borishga 
asoslangan. O‘quvchilarni o‘z-o‘zlarini baholashga tayyorlaganda o‘qituvchi 
quyidagi savollarni ishlatishi mumkin. 
Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz? 
Qayerda xatolar bor?
Boshqa o‘quvchilarga qaysi bo‘limlarni tushuntirib berishingiz mumkin? 
Ushbu masalalar bo‘yicha maktabdan tashqari qanday tajribangiz bor?
Ushbu mavzu bo‘yicha qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni bilasiz? va 
boshqalar.
Kuzatuv
- baholashning muhim usuli bo‘lib, u ta’lim olish jarayonini tahlil va 
nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi: 
Faqat ishning natijasiga emas, balki o‘quvchilar qanday ish olib 
borayotganligi bilan ham tanishib borish.
O‘quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.

Yüklə 277,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin